Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
E kspertli usullar. Ekspertlarning tajribasi, ziyrakligi, bilimdon- ligiga asoslangan. Ekspertlarning xulosalari yuqori aniqlikda, ishonchli, asoslangan, yanglishmagan, jamoa fikridan mustaqil, yangilangan, dadil va keng ko‘lamli bo‘lishi lozim. Ekspert usullari obyekt to ‘g ‘risida nazariy yo‘l bilan yoki eksperimental usullar bilan ma’lumotlar olish umkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Quyidagi ekspert usullari mavjud: evristik (aqliy hujum, ssena- riyli, anketali) va jamoali ekspertizalar. Ekspertlar guruhi doirasida jamoali ekspertiza usuli yanada xolisona va istiqbolli usul bo‘lib hisoblanadi. Biroq, muayyan sharoitlarga bog‘iq holatlarda bu usullardan kombinatsiyalashgan holda foydalaniladi. 3. M axsus usullar. Standartlashtirishning ko‘proq ishlatiladigan maxsus usullari quyidagilar: unifikatsiya (birxillashtirish); tiplashtirish (turlash); agregatlashtirish; modullashtirish. 125
Shuningdek, parametrik, kompleks va ilgarilanma standartlash tirish kabi maxsus usullar ham mavjud. Quyida ko‘proq va kengroq ko‘lamda qo‘llaniladigan usullarga batafsil to ‘xtalib o ‘tamiz. 3.7. Amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladigan umumilmiy standartlashtirish usullari Standartlashtirish obyektlarini tizimlashtirish standartlashti- rishning muayyan obyektlari majmuyini ilmiy ketma-ketlik bilan tasniflash (sinflash) va muayyan tartiblashtirishdan iborat. Ixtiyoriy obyektni tizimlashtirish foydalanish uchun qulay, aniqlangan tizimni shakllantirish va ularni ketma-ketlikda joylash- tirish maqsadida amalga oshiriladi. Tizimlashtirishning eng oddiy tizimi turli lug‘at va ma’lumot-