Mahsulotning turlari uning turli umumiy toifalariga kiradigan vazifalar yoki shu vazifani bajarish uchun qo‘llanilayotgan element- 156
larning o ‘z tarkibida mujassam qilinishi bilan belgilanadi. Mahsu lotni xizmatlar, dasturiy, texnik vositalar yoki qayta ishlanadigan materiallar qatoriga kiritish shu mahsulot uchun belgilangan vazi- faning ustunlik qiladigan elementiga bog‘liq. Masalan, yetkazib beriladigan mahsulot — «avtomobil» texnik vositalar (masalan, shinalar), qayta ishlanadigan materiallar (yonilg‘i, sovitish suyuq- ligi), dasturiy vositalar (motorni dasturli boshqarish, haydovchi uchun qo‘llanma) va xizmatlar (avtomobildan foydalanish to ‘g ‘ri- sidagi sotuvchi tomonidan beriladigan tushuntirishlar)dan iborat. 2. Xizmat — yetkazib beruvchi va iste’molchining o ‘zaro hamkorligida amalga oshirilgan kamida bitta harakat natijasidir. Xizmatlar, odatda, nomoddiy bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish quyida- gilarni o ‘z ichiga olishi mumkin: — iste’molchi yetkazib bergan moddiy mahsulot ustida bajaril- gan faoliyat (masalan, ta’mir talab avtomobil); — iste’molchi yetkazib bergan nomoddiy mahsulot ustida baja- rilgan faoliyat (masalan, soliq miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan daromad to ‘g‘risida ariza); — nomoddiy mahsulotni berish (masalan, bilimlarni berish ma’nosidagi axborot); — iste’molchilar uchun qulay sharoitlarni yaratib berish (masa- lan, mehmonxonalarda va oshxonalarda). 3. Dasturiy vosita axborotga ega bo‘ladi va u nomoddiy bo‘ladi, shuningdek, yondashuvlar, operatsiyalar yoki tartibotlar shaklida ham bo‘lishi mumkin. 4. Texnik vosita, odatda, moddiy bo‘ladi va uning miqdori