O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv q o ‘llanma Toshkent «ilm ziyo»



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə154/162
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#178239
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   162
Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org

5.3-rasm. QMXT tashkiliy tuzilmasi.
— qiyoslash uskunalari, solishtirish usullari, etalonlarni tekshi­
rish va attestatsiyalash, namunaviy va ishchi o ‘lchash asboblarini
unifikatsiyalash;
— xalqaro ko‘lamda birxillashtirilgan o ‘lchash birliklarining
mamlakatlarda qo‘llanishini ta ’minlash;
— metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish
va ularni joriy etish bo‘yicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini
ta ’minlash;
— rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’minlash
va ularni zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlashda ilmiy-texnik
ko‘mak berish;
— metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning
yagona qonun-qoidalarini belgilash.
QMXTning rasmiy tili fransuz tili hisoblanadi, hozirda ama-
liyotda ingliz tilida ish yuritiladi.
QMXTning bosh qarorgohi va kotibiyati Qonunlashtiruvchi
metrologiya xalqaro byurosida, ya’ni Fransiyaning Parij shahrida
joylashgan. QMXTning tashkiliy tuzilmasi 5.3-rasmda keltirilgan.
QMXTning yuqori rahbar idorasi metrologiyada qonun chiqa-
ruvchi Xalqaro konferensiya hisoblanib, u har to ‘rt yilda bir marta
chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgi-
201



laydi, xalqaro tavsiyalar va ishchi idoralarning m a’ruzalarini tas-


diqlaydi, budjet masalalarini muhokama qiladi.
Qonunlashtiruvchi metrologik xalqaro qo‘mita QMXT rahbar
idorasi hisoblanib, u yillik yig‘ilish olib boradi. Uning tarkibiga
QMXT a ’zo-davlatlaridan bittadan vakil kiradi.
QMXQning asosiy vazifalari:
— konferensiya qarorlarni tayyorlash va amalda joriy qilishga
javob berish;
— TQ va KQlarning texnikaviy faoliyati hamda QMXBning
m a’muriy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
— zudlik bilan nashr etish uchun xalqaro tavsiyalar (XT) va
xalqaro hujjatlarning (XH) loyihalarini tasdiqlash uchun javob
berish;
— boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni nazorat qilish.
Qonunlashtiruvchi metrologiya xalqaro byurosi QMXTning
doimiy kotibiyati hisoblanadi va Parijda joylashgan.
QMXBning asosiy vazifalari:
— QMXT konferensiyalari va QMXB yig‘ilishlarini tayyorlash;
— XT, XH va boshqa nashrlarni chop etish;
— QMXT choraklik bulletenini chiqarish;
— ishchi hujjatlarni ishlab chiqish, TQ va KQ faoliyatni nazorat
qilish;
— xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan aloqalarni o ‘rnatish;
— turli xil texnik seminarlarni tashkillashtirish va ularda ish-
tirok etish;
— QMXTning sertifikatlarini ro‘yxatga olish;
— QMXTning barcha nashrlarini tarqatish va sotish, ichki va
tashqi aloqalar bo‘yicha QMXTning siyosatini olib borish;
— QMXTning asosiy axborot markazi vazifasini amalga oshirish.
Texnikaviy qo‘mitalar va qo‘mitaosti qo‘mitalari, ya’ni kichik
qo‘mitalar XT va XHlarni ishlab chiqish uchun javob beradi.
Har bir TQ va KQda QMXTga a ’zo-davlatlar ixtiyoriy tarzda
yuritadigan kotibiyat, QMXTga a ’zo-davlatlardan qatnashchilar
va kuzatuvchilar, xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan aloqani
olib boruvchi kuzatuvlar mavjud.
202



Rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha Kengash bu davlatlar


bilan quyidagi munosabatlarda faoliyatlarni amalga oshiradi:
— metrologik laboratoriyalarni rejalashtirish va ta ’minlash
masalalari bo‘yicha maxsus nashrlar tayyorlaydi;
— ularni rivojlantirish uchun zaruriy moliyaviy va texnik ham-
korlikni aniqlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar va QMXTga
a ’zo-davlatlar bilan aloqani o ‘rnatadi;
— rivojlanayotgan mamlakatlardan metrologiya bo‘yicha muta­
xassis va muhandislar uchun o‘quv kurslarini o ‘tkazishni tashkil-
lashtiradi.
5.4. Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti
YIU (Yevropa iqtisodiy uyushmasi) doirasida birlashgan bozorni
yaratish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish munosabati bilan
«texnik to ‘siqlarni» bartaraf etish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.
Bunday texnik to ‘siqlar buyumlarga standartlardagi farq, ulardan
foydalanish qoidalarining zidligi, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha farq-
lanuvchi m e’yorlar, sog‘liqni saqlash va tabiatni asrash m e’yorla-
ridagi farqlar hisobiga paydo bo‘ladi.
Bu muammoni hal qilishda, birinchi navbatda, Yevropa stan-
dartlashtirishiga ahamiyat beriladi.
YIU va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YESA) vakillarining
1961-yil 23-martda Parijda bo‘lib o ‘tgan majlisida CEN (Yevropa
standartlashtirish qo‘mitasi)ning tashkil etilganligi e’lon qilindi
(CEN 1970-yilgacha Standartlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha
Yevropa qo‘mitasi deb atalgan). CEN a ’zolari YIU va YESAning
18 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, D a­
niya, Irlandiya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Luksemburg, Norve-
giya, Niderlandiya, Portugaliya, Finlandiya, Germaniya, Fran-
siya, Shvetsiya va Shveysariya standartlashtirish bo‘yicha milliy
tashkilotlaridan iborat. Bu yopiq tashkilot bo‘lib, G ‘arbiy Yevropa
mamlakatlarining yuqorida keltirilgan iqtisodiy guruh a ’zolarini
birlashtiradi.
203



CEN ning birinchi majlisidayoq Nizom va protsedura Qoidalari


tasdiqlandi. 1970-yilda CEN Nizomi qayta ko‘rib chiqildi. Bunda
Nizomga m a’lum o ‘zgartirishlar bilan birga Yevropa standartlari
(EN)ni majburiy yaratish ham kiritilgan.
Standartlarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar texnik qo‘mitalar
tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo‘mitalarda texnik kotibiyat-
lar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan boshqariladi.
CEN doirasida 140 dan ortiq TQ tuzilgan. TQ bilan bir qator-
da, alohida masalalarni hal etish uchun maslahat guruhlari tashkil
etilgan.
CEN vazifasi quyidagilar vositasida xizmatlar savdosini va alma-
shinishni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat:
— CEN ga a’zo-mamlakatlarda yaratilgan standartlarni uyg‘un-
lashtirish va Yevropa standartlarini ishlab chiqish;
— o ‘zlarining direktivalari va boshqa rasmiy hujjatlariga havola
qila olishlari uchun Yevropa standartlarini YIU, YESAga, shu-
ningdek, boshqa hukumatlararo tashkilotlarga taqdim etish;
— elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘-
mitasi va standartlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa ilmiy-texnik
va iqtisodiy hududiy hukumat tashkilotlari bilan hamkorlik;
— ISO va IEC orqali xalqaro standartlashtirish hamda Yevro-
pada ISO standartlari va boshqa xalqaro standartlar va tavsiyanoma­
larni bir xilda qo‘llanishiga ko‘maklashish;
— Yevropa standartlari asosida sertifikatlashtirish bilan bog‘liq
bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish.
CEN da standartlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan ISO da
erishilgan natijalarga asoslanadi yoki ularni to ‘ldiradi.
CEN quyidagi sohalarda standartlar yaratadi: aviatsiya jihozlari,
suv isitish gaz priborlari, gaz ballonlari, ko‘tarish mexanizmlarining
detallari, oshxona gaz plitalari, liftlar va yuk ko‘targichlar, pay-
vandlash va qirqish, quvurlar va truboprovodlar, nasos stansiyalari
(foydalanish va xizmat ko‘rsatish), stekloplastikdan tayyorlangan
sisternalar va boshqalar.
Yevropa standartlashtirish qo‘mitasining rasmiy tillari ingliz,
fransuz va nemis tillari hisoblanadi. Bosh qarorgohi Brusselda
204



joylashgan. CEN har bir davlatdan bittadan vakildan iborat 48 ta


a ’zoga ega. Tashkilotda 3 ta a ’zolik toifasi mavjud bo‘lib, bular
quyidagilar:
— to‘liq a ’zolik — Yevropa mamlakatlarining 30 milliy standart­
lashtirish tashkilotidan iborat bo‘lib, Yevropa standartlashtirish
qo‘mitasining Bosh Assambleyasi va rahbariy byuro hisoblanib,
ovoz berish huquqiga ega. Bosh Assambleya texnik qo‘mitalarni
ish bilan ta ’minlaydi va ishchi guruh dasturlarini aniqlaydi. To‘la
a ’zoligini olgan davlatlar Yevropa standartlarini milliy standart
sifatida qabul qilishga majburdir;
— qo‘shiluvchi a ’zolik — to ‘la huquqli yoki muhbir a ’zo bo‘lib,
Yevropa mamlakatlariga qo‘shni bo‘lgan idoralar, ya’ni xalqaro
standartlashtirish tashkilotiga a ’zo bo‘lgan mamlakatlar idoralari
hisoblanib, ovoz berish huquqiga ega emas, faqat Bosh Assambleya
va texnik idoralar ishlarida ishtirok etishi mumkin;
— hamkor a ’zolik — Yevropa mamlakatlariga qo‘shni bo‘lgan
idoralar, ya’ni xalqaro standartlashtirish tashkilotiga a ’zo bo‘lgan
idoralar bo‘lib, geosiyosiy sabablar bo‘yicha Yevropa standart­
lashtirish tashkilotining to ‘la huquqli a ’zosi bo‘lishi mumkin emas.
CEN ning tuzilmasi 5.4-rasmda keltirilgan.
Yevropa Standartlashtirish qo‘mitasida assotsiatsiyali a’zo deb
nomlanuvchi yana bir a ’zo bo‘lish tartibi mavjud. Yevropa qo‘mi-
tasining assotsiatsiyali a ’zosi ixtiyoriy jamoat, ilmiy, iqtisodiy yoki
boshqa tashkilotlar qatnashuvchisi bo‘lishi mumkin va ularga
quyidagi huquq hamda majburiyatlar beriladi:
— CEN va Yevropa standartlashtirishiga ko‘maklashish;
— Bosh Assambleyada ovoz berish huquqisiz qatnashish;
— rahbariy byuroning siyosiy masalalari muhokamasida qat-
nashish;
— texnik byuro va texnik idoralarning ishlarida qatnashish;
— standartlar loyihalari, hujjatlar va axborotlarni olish.
Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YIU)ning standartlashtirish so-
hasidagi faoliyati YIUni tashkil etish to ‘g‘risida 100-Rim shartno-
masining YIUga a ’zo-davlatlari qonun, boshqaruv va m a’muriy
qarorlarini yaqinlashtirishni buyuruvchi moddasiga asoslangan.
205






Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin