5.1-rasm. ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi.
bilan shug‘ullanadi. CASCO ning eng muhim vazifasi milliy va
hududiy sertifikatlashtirishni qabul qilish va o ‘zaro tan olish hamda
muvofiqlikni tasdiqlash va sinash sohalarida xalqaro standartlardan
foydalanishga ko‘maklashishdan iborat.
DEVCO standartlashtirish sohasida rivojlanayotgan mamla-
katlar takliflarini o ‘rganadi va ushbu sohada bu mamlakatlarga
ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi.
COPOLCO iste’molchilar qiziqishlari va standartlashtirish or
qali ko‘maklashish imkoniyatlarni ta’minlash masalalarini o ‘rganadi
hamda xalqaro standartlar to ‘g‘risidagi zaruriy m a’lumotlarni ular-
192
ga yetkazish bilan shug‘ullanadi. Bunda u nashr etayotgan «Iste’
mol mahsulotlarini solishtirish sinovlari», «Iste’molchilar uchun
mahsulotlar to ‘g‘risida axborotlar», «Iste’mol mahsulotlarini eks
pluatatsiya qilish tavsiflarini o ‘lchash usullari standartlarini ishlab
chiqish» va boshqa qo‘llanmalari katta o ‘rin tutadi.
INFCOning vakolatiga axborot xizmatlari, m a’lumotlar bazasi,
marketing, standartlar va texnik ish tartibi sohasida ISO va tashkilot
vakillarining faoliyatini muvofiqlashtirish; standartlarni uyg‘un-
lashtirish va yuqorida bayon etilgan masalalar bo‘yicha siyosatni
ishlab chiqish borasida ISO Bosh Assambleyasiga murojaat qilish;
ISO axborot tarmog‘i (ISONET) faoliyatini nazorat qilish va bosh-
qarish kiradi.
REMCO standart namunalar (etalonlar)ga taalluqli masalalar
bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bundan
tashqari, REMCO xalqaro metrologiya tashkilotlari, xususan,
MOZM — xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti bilan
standart namunalar bo‘yicha ISO ning faoliyatini muvofiqlashti-
ruvchi bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro standartlarning loyihalarini texnikaviy qo‘mitalar ishlab
chiqadi. Texnikaviy qo‘mitalar (TQ) muayyan texnika sohasida
ishlovchi umumtexnik qo‘mitalarga bo‘linadi. TQ doirasida qo‘mi-
taosti qo‘mitalari (QQ) va ishchi guruhlar (IG) ishlaydi.
ISO ning nizomida yozilishicha, «Tashkilotning vazifasi xalqaro
tovar almashish va o ‘zaro yordamni yengillashtirish, shuningdek,
intellektual, ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyat doirasida hamkorlikni
kengaytirish uchun butun dunyoda standartlashtirishni rivojlan-
tirishga ko‘maklashishdan iborat».
Xalqaro standartlarni yaratish. ISO ning asosiy faoliyat turi
xalqaro standartlarni yaratishdan iborat. Shuning uchun bu tashki
lotning asosiy bo‘limi texnik qo‘mitalardan iborat. Hozirda 187 ta
texnik qo‘mita mavjud, jami ishchi idoralar: texnik qo‘mitalar,
kichik qo‘mitalar soni 552 ta, ishchi guruhlar 2100 ta, umumiy
hisobda esa 2858 ta idora faoliyat ko‘rsatmoqda.
ISO xalqaro standartlari majburiy emas. Har bir mamlakat bu
standartlarni butunligicha, ayrim bo‘limlarini qabul qilishi yoki
umuman qo‘llamaslik huquqiga ega.
193
Xalqaro standart mahsulotning har bir turiga tuzilmaydi. Stan
dartlarni yaratish, agar bu standartlar mamlakatlar o‘rtasida savdoni
kengaytirish, insonlarning zarur darajada xavfsizligini ta ’minlash,
sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan bo‘lsa,
texnik idoralarning dasturlariga kiritiladi.
ISO da amalda standartlarni yaratish (ishlab chiqish) jarayoni
texnik idoralar ishida qatnashuvchi barcha mamlakatlarga bu idora-
larning majlislarida qatnashish, xalqaro standartlarni yaratish to ‘g‘-
risida taklifni boshqa a’zo-qo‘mitalarga taqdim etish, standartlarning
loyihalari bo‘yicha o ‘z fikr-mulohazalarini bildirish va ovoz beri-
shiga imkon yaratadi.
Xalqaro standartlarning loyihalari ishchi guruhlar tomonidan
ishlab chiqiladi. Bu guruhda har bir ko‘rilayotgan doirada yetakchi
mamlakatlarning mutaxassislari ishtirok etadi.
ISO ning har bir a ’zo-qo‘mitasi o ‘zining manfaatdorlik dara-
jasiga ko‘ra, har bir texnik qo‘mita ishida qatnashish maqomini
aniqlaydi. A ’zolik faol («R» a ’zolar) va kuzatuvchi («O» a ’zolar)
shaklda bo‘ladi.
Faol a ’zolar o ‘z vakillarini texnik qo‘mitalarning majlislariga
yuborish, xalqaro standartlarning loyihalarini ishlab chiqish va
ko‘rib chiqishda qatnashish, ko‘rilayotgan hujjatlar bo‘yicha ovoz
berishlari shart.
Kuzatuvchi a ’zolar texnik qo‘mitalar barcha ishchi hujjat-
larining bir nusxasini olish huquqidan foydalanadi va majlislarda
kuzatuvchilar sifatida qatnashishi mumkin.
«O‘zstandart» agentligi standartlashtirish bo‘yicha milliy idora
nomidan 1994-yil 1-yanvardan boshlab ISO ning to ‘liq huquqli
a ’zosi hisoblanadi.
ISO nashrlari. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot
bir qator materiallarni nashr etadi. Eng avvalo, bu tashkilot harfli
indeks va raqamli belgi (masalan, ISO 5827)ga ega bo‘lgan xalqaro
standartlarni chop etadi.
Qator hollarda texnik m a’ruzalar chop etiladi. Bu m a’ruzalarda
m a’lum mavzu bo‘yicha standartlashtirish ishlarining borishi to‘g‘-
194
risida xabar beriladi yoki, odatda, standartlarga qo‘shiladigan axbo
rot va m a’lumotlar keltiriladi.
Har yilning fevral oyida xalqaro standartlar Katalogi (ISO
Catalogue) nashrdan chiqadi. Bu katalogda xalqaro standartlar
qo‘llanish doiralari va mavzu guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi.
ISO standartlaridan tashqari, IEC bilan birgalikda xalqaro
standartlashtirish doirasida eng dolzarb mavzular bo‘yicha «qo‘l-
lanma» (Guides) chop etiladi.
ISO bibliografik ko‘rsatkichlarni nashr etadi. Bu ko‘rsatkich-
larda ISO standartlari va standartlarning loyihalari, shuningdek,
yagona doiraga tegishli boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari
ro‘yxati beriladi.
M a’lum doiraga oid ISO standartlarining to ‘liq matni mavzu
to ‘plamlarida (Hand-books) chop etiladi.
Bu nashrlardan tashqari, o ‘tgan yil uchun (har yili) ISO ishlari
to ‘g‘risida hisobot va ISO ning Texnik dasturi (yilda ikki marta)
chop etiladi. Bu dasturda xalqaro standartlar loyihalarining sar-
lavhasi va ularni ishlab chiqish bosqichlari ko‘rsatiladi. 1985-yilda
amaldagi xalqaro standartlar Predmetli ko‘rsatkichi chop etildi.
Bu ko‘rsatkich muhim (KWIC) so‘zlar bo‘yicha tuzilgan. Har
yili ISO ning tuzilmasi, a’zo-qo‘mitalar va har bir texnik qo‘mi-
taning faoliyati sohasi (ISO Memento) to ‘g‘risida axborotni o ‘z
ichiga oluvchi ma’lumotnoma nashr etiladi. ISO ishlari to ‘g‘risidagi
axborot har oylik axborot bulletenida (ISO Bulletin) aks ettiriladi.
5.2. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)
Hozirgi vaqtda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi elektro
texnika va radioel ektronikada xalqaro standartlashtirish sohasidagi
asosiy idora hisoblanadi.
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar
1881-yilda boshlangan. Elektrotexnikada tushuncha va birliklarni
birxillashtirish (unifikatsiyalash) uchun 1882-yilda Elektr bo‘yicha
Birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904-yilda Sent-Luisda (AQSH)
hukumat vakillarining Elektr bo‘yicha xalqaro kongressi majlisida
elektr mashinalar atamalari va parametrlarini standartlashtirish
195
masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus idora tuzish zarurligi to‘g‘-
risida qaror qabul qilindi.
Bunday idora — Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) rasman
1906-yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida
tuzildi.
1946-yilda ISO tuzildi va unga IEC o ‘zining moliyaviy va
tashkiliy masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar
bilan qo‘shildi.
Bu tashkilotlarning kotibiyatlari hududiy jihatdan Jenevadagi
bir binoda joylashgan.
ISO va IEC ning faoliyat sohalari aniq chegaralangan: IEC
elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, priborsozlik sohasida, ISO
esa qolgan barcha sohalarda standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Mamlakatlar o ‘zlarining milliy qo‘mitalari bilan IEC da qatna-
shadi. Milliy qo‘mitalar sanoatning barcha sohalari manfaatlarini
ifodalaydi. Ko‘pchilik mamlakatlarda bunday milliy tashkilotlar
qatnashadi. Bu bilan bir qatorda ba’zi mamlakatlarning IEC da
qatnashuvchi milliy qo‘mitalari standartlashtirish bo‘yicha milliy
tashkilotlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi (masalan, bunday
mamlakatlarga Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya va boshqalar
kiradi).
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‘mita IEC a’zosidir. Bu mamlakat
larda jahonda ishlab chiqariluvchi elektr energiyasining 95 % ini
iste’mol qiluvchi Yer sharining 80 % aholisi yashaydi. Bular, asosan,
sanoati rivojlangan mamlakatlar, shuningdek, sanoat tarmoqlariga
ega bo‘lgan, rivojlanib kelayotgan qator mamlakatlardir. IEC ning
rasmiy tillari ingliz, fransuz va rus tillari hisoblanadi.
IEC ning oliy rahbar idorasi Kengash bo‘lib, bunda mamlakat
larning barcha milliy qo‘mitalari qatnashadi. Saylanuvchi lavozimli
shaxslarga prezident (uch yillik muhlatga saylanadi), vitse-prezi-
dent, g‘aznachi va bosh kotib kiradi.
IEC texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi texnik qo‘mi-
talar (TQ), kichik qo‘mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG)dan
iborat. Umuman, IEC da 80 dan ortiq TQ bor bo‘lib, bularning
bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo xarakterdagi stan-
196
dartlarni (masalan, atamalar, grafik tasvirlar, standart kuchlanishlar
va chastotalar, iqlim sinovlari va boshq.), ikkinchi qismi esa
mahsulotning muayyan turlari (transformatorlar, elektron texnika
buyumlari, maishiy radioelektron apparatlar va boshq.) uchun
standartlarni ishlab chiqadi.
IEC standartlarini yaratish tartibi uning Nizomi, Protsedura
qoidalari va texnik ishlar bo‘yicha Umumiy direktivalar tomonidan
belgilanadi. Har 1—1,5 yilda TQ (KQ)lar majlislarda o ‘z ishlarining
dasturlarini tuzadi (yoki to ‘g‘rilaydi). Har yili IEC dasturiga
500 gacha va bundan ham ortiq yangi, xalqaro standartlarni yara-
tishni ko‘zda tutuvchi mavzular kiritiladi. IEC/ISO ishlab chiqqan
va 1990-yil 1-fevraldan amalga kiritilgan direktivalarga muvofiq,
amaldagi standartni qayta ko‘rib chiqish yangi mavzuni ishlab
chiqish kabi qaraladi.
ISO kabi 1972-yilda IEC o ‘z tavsiyanomalarini xalqaro stan
dartlar deb nomladi.
Hozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro IEC standartlari yara
tilgan, bunda IEC standartlari o ‘zlarida mahsulot va mahsulotni
sinash metodlariga texnik talablarning mavjudligi nuqtayi nazaridan
ISO standartlariga nisbatan ancha to ‘liq tuzilgan bo‘ladi. Buni,
bir tomondan, IEC ning faoliyat sohasiga kirgan mahsulotga ta-
lablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushun
tirish mumkin, boshqa tomondan esa bir necha o ‘n yillar davo
mida to ‘plangan ish tajribasi standartlashtirish masalalarini ancha
to ‘liq hal qilishga imkon beradi.
IEC ning asosiy vazifasi elektrotexnikaning turli sohalarida
xalqaro standartlar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Bu
ish texnikaviy qo‘mitalar tomonidan bajariladi. Har bir TQ elektro
texnika va radioelektronikaning aniq sohalari bilan shug‘ullanadi.
TQ yaratish to ‘g‘risidagi rasmiy qaror va uning faoliyat sohasi
Kengash tom onidan rasmiylashtiriladi. TQga uning ishlashiga
ishtirok etish istagi bo‘lgan barcha milliy qo‘mitalar kiradi.
IEC tarkibiga 600 ishchi guruh, 200 ga yaqin TQ va KQlar
kiradi. TQ, KQ va IG ISO ning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
standartlashtirish sohasida ish olib boradi hamda elektrotexnika
va radioelektronikaning barcha asosiy masalalarini qamrab olgan.
197
|