4.6-rasm. Jarayonli yondashuvga asoslangan sifat menejmenti
tizimi modeli.
Har bir xodim sifatni ta ’minlash ishida o ‘zining muhimligini
tushunishi kerak va sifatni yaxshilashda o‘z vazifalariga ega. Xodim-
larning to ‘liq jalb qilinishi ularning qobiliyatlarini tashkilot uchun
maksimal foyda olishda qo‘llash imkoniyatini beradi. Jarayonli
yondashuvga asoslangan sifat menejmenti tizimi modeli 4.6-rasmda
keltirilgan.
4. Jarayonli yondashuv. Tashkilotning faoliyati va mavjud
resurslar jarayon tarzida boshqarilganda kutilgan natija samarali
bo‘ladi.
SMT bazaviy modeli sharoitlarida tashkilot bu tamoyil asosida
mahsulot va xizmatlarni loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazish
jarayonlarini aniq belgilaydi.
5. Boshqarishga tizimli yondashuv. Tashkilot o ‘z maqsadlariga
erishishda o ‘zaro bogliq jarayonlarni aniqlashi, tushunishi va
boshqarishi korxonaning samaradorligi va yuqori tashkiliy-texnik
darajasiga hissa qo‘shadi.
SMT bazaviy modelini ishlab chiqishda bu tamoyil tashkilot
mahsulot yoki xizmatlarni yaratish jarayonlari, mahsulot yoki xiz-
matlarni buyurtmachi ehtiyojlariga muvofiqlikka tekshirish jara
yonlari bilan birlashtirishga harakat qilayotganligini ta ’kidlaydi.
179
6. Doimiy yaxshilash. Tashkilotning faoliyatini doimiy yax-
shilashga o ‘zgarmas maqsad deb qaralishi lozim.
Tashkilot SMT faoliyati orqali buyurtmachining kelajakdagi
ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish va joriy qilingan jarayonlarni
eng yaxshi natijalarga erishishini o ‘z maqsadi deb qaraydi.
7. Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. Samarali
qarorlar m a’lumotlar va axborotlarni tahlil etishga asoslanadi.
SMT faoliyatiga tegishli qarorlarni qabul qilish uchun bu
darajada faktlar va m a’lumotlar qo‘llaniladi. Bunda m a’lumotlar
manbalari bo‘lib auditlar, to ‘g‘rilovchi amallar, jarayonlar faoliyati,
buyurtmachilarning shikoyatlari tahlillari natijalari, shuningdek,
boshqa manbalar xizmat qiladi. Tahlilda qanoatlanganlik darajasi
va SMT samaradorligini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘l-
gan m a’lumotlarga alohida e’tibor beriladi.
8. Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar.
Tashkilotlar va ularning yetkazib beruvchilari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi
va o ‘zaro manfaatli munosabatlar ikkala tomonning moddiy boylik
yaratish imkoniyatlarini oshiradi.
4.6. Ekspert-auditorlar va ularga qo‘yilgan talablar
Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatna
shuvchi shaxs — bu ekspert-auditordir. U, odatda, sifat tizimlari,
ishlab chiqarish va mahsulotni sertifikatlashtirishda, sinov laboratoriya-
larini akkreditatsiyalashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin.
Ekspert-auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va
korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega
bo‘lgan attestatsiyalangan shaxsga aytiladi.
Ekspert-auditor «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan
tartibda attestatsiyalangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar
va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar
bilan ishlashda yetarlicha bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs ham
bo‘lishi mumkin.
180
Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
— mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqa
rishni sertifikatlashtirish;
— sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning
tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqa
rishning turg‘unligini nazorat qilish;
— sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiyalash idoralari, sinov
laboratoriyalari (markazlari) va ularning faoliyatini nazorat qilish;
— sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.
Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi,
bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, sifat tizimlari
va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.
Ekspert-auditorlarga qo‘yiladigan talablar.
Ekspert-auditorlik katta mas’uliyat, obyektivlik bilan olib bori-
ladigan faoliyat hisoblanadi. Shu sababdan ham ekspert-auditorlar
davriy ravishda attestatsiyadan o‘tkazilib turiladilar. Tabiiyki, bunda
ularga muayyan talablar qo‘yiladi.
Ekspert-auditor quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— to ‘liq oliy m a’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida yetarli
bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashtirishning m a’lum turi
bo‘yicha attestatsiyalangan bo‘lishi kerak;
— oliy o ‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik
amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yil standartlashtirish,
metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta ’minlash sohalarida
ishlagan bo‘lishi kerak.
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyi
dagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart:
— respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va
tartiblari;
— sertifikatlashtirish o ‘tkazish bo‘yicha bilimlar va m e’yoriy
hujjatlarni tushunish;
— sertifikatlashtirish va akkreditatsiyalash bo‘yicha asosiy ishlar
mazmuni;
181
— sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va hu-
quqiy asoslar;
— mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va
akkreditatsiyalash tajribasi;
— standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining asoslari;
— tekshiruv o ‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik hisob-
lash usullari.
Ekspert-auditor tahlil qilishi, mantiqiy asoslashi, o‘zining fikrini
qattiq va asoslangan holda himoya qilishi; ijodiy qobiliyat va murak
kab vaziyatda to ‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi;
haqqoniy, mas’uliyatli, prinsipial ravishda xayrixoh, xushmuomala,
odobli va o ‘zini tuta bilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi
lozim. Ekspert-auditor tekshirilayotgan obyektning xodimlari bilan
aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; m a’lumot uchun
har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish
maqsadlari uchun); tizimda amaldagi m e’yoriy-uslubiy hujjatlarni
takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi
mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘-
yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kiritish huqu-
qiga egadir.
M ahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspert-auditorga
tavsiya etiladigan talablar.
Mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspert-auditorlar quyi
dagi masalalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari kerak:
— mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy qonun-qoidalari,
tartiblari;
— sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning xossalari, uning kon-
struksiyalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, birikma va materiallar;
— sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning texnikaviy tavsiflari,
o ‘lchanuvchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash usullari (o‘lchash va
nazorat), dastlab qo‘llanilgan standartlardagi belgilangan va texni-
kaviy shartlar;
— aniq sinovlar va ularning xillari;
182
— ishlanma, attestatsiyalash, sinov va o ‘lchash uslublarining
qo‘llanishi;
— sinov va o ‘lchash natijalarini qayta ishlash, sinovlar natijalarini
tahlil qilish, ularning aniqliligini va haqqoniyligini baholash
usullari;
— mustahkamlik, sifat darajasi, pishiqlik, ishlatishdagi tavsif-
larni tahlil qilish, talablarni rad qilish va buzilganligini aniqlash;
— sifatning statistik nazorati, uni baholash usullari;
— sinov va o ‘lchash uskunalari, ularni attestatsiyalash, metro
logik ta ’minlanish;
— ishlab chiqarish texnologiyasi, texnologik imkoniyatlar va
jihozlanishda ishlash xususiyatlari va vositalari;
— mahsulotni o ‘rash va joylashtirish, belgilash, saqlash, yetka
zib berish va texnikaviy xizmatga bo‘lgan talablar.
Sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo‘yicha
ekspert-auditorga tavsiya etiladigan talablar.
Sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo‘yicha
ekspert-auditorlar quyidagi masalalar bo‘yicha bilimlarga ega
bo‘lishlari kerak:
— sifat tizimlari, shu jumladan, ularga oid standartlar;
— mahsulot sifati va mustahkamligini baholash usullari, hisob
lash, tajriba-statistika, natijalarni qayd etish va ekspertlash;
— tayyor mahsulot sifatining nazorati, asosiy usullarning tur
larini va texnikaviy vositalarni hamda statistik nazorat usullari;
— marketing bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
— loyihalash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularga talablar;
— moddiy-texnik ta ’minot bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
— xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni kiritishdagi
nazoratini tashkil qilish;
— ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlash xususiyatlari va texno
logik jihozlanish vositalari;
— texnologik uskunaning texnikaviy xizmati va uni ta ’mirlash;
— ishlab chiqarishning metrologik ta ’minoti bo‘yicha ishlarni
tashkil qilish;
183
— tekshirish va sinovlar o ‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
— yuklash, ortish-tushirish, transport va ombor bilan bog‘liq
bo‘lgan ishlarni o ‘tkazish va ularga bo‘lgan talablar;
— mahsulotni o ‘rash va joylashtirish, belgilash, saqlash, yetka
zib berish va texnik xizmatiga bo‘lgan talablar;
— sifat tizimlarini iqtisodiy tomondan baholash;
— sifat tizimlarida samarali qatnashuvchi texnik xodimlarning
ishtirokini tashkil qilish va tayyorlash.
Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash bo‘yicha ekspert-
auditor uchun tavsiya etiladigan talablar.
Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash bo‘yicha ekspert-
auditor quyidagi masalalar bo‘yicha bilimlarni puxta egallagan
bo‘lishi kerak:
— sinaluvchi mahsulotning xossalari, ularning konstruksiyalari,
texnologiyasi, ishlab chiqarilishi, birikma va materiallar tarkibi;
— aniq sinovlar va ularning xillari;
— ishlanma, attestatsiya, sinov va o‘lchash uslublarini qo‘llash;
— sinov va o ‘lchash uskunalari, uning ishlatish va texnikaviy
xizmati, attestatsiya, o ‘lchash usullari;
— sinovlarning metrologik ta ’minlanishi, qo‘llaniladigan o ‘l-
chash vositalarini qiyoslash (kalibrlash);
— sinov va o ‘lchash natijalarini qayta ishlash, ularning aniqligi
va ishonchliligini baholash usullari hamda olingan natijalarni tahlil
qilish;
— mustahkamlik, sifat darajasiga bo‘ladigan talablarni aniqlash
usullari, sifatning statistik nazorati, sifat, mustahkamlikni baholash
usullari, ishlatilishdagi tavsiflar, rad etish va shikastlanganlikning
tahlili;
— sinov laboratoriyasining malakali xodimlariga nisbatan ta-
lablar;
— sinov natijalarini rasmiylashtirish qoidalari;
— sinov laboratoriyasining xonalari va undagi sharoitlarga
talablar;
— xorijdagi o ‘xshash sinovlarning darajasi.
184
Ekspert-auditorlar tayyorlash.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida sifatli mahsulotlar yetkazib
berish, ularning tashqi bozordagi xaridorbopligini oshirishda
ekspert-auditorlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Sertifikatlashtirish faoliyatiga qadam qo‘yayotgan korxonalar
jamoalari ichida sertifikatlashtirish faoliyatida ishlay oladigan, o ‘z
kasbini sevadigan xodimlar talaygina topiladi. Lekin bu sohada
ularni o ‘qitish m a’lum o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yuqorida
aytilgan talablarga javob beradigan xodimlarni tanlab olish, ularni
sertifikatlashtirish va laboratoriyani akkreditatsiyalash ishlariga
tayyorlash katta mas’uliyat talab qiladi.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga
olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi «O‘zstandart» agentligi tom o
nidan ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib,
bu sohadagi o ‘qishning tashkiliy tomonlari SMSITIning asosiy
faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni tayyor
lash, odatda, ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish
va attestatsiyalash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Malakali o ‘qituvchilar nazariy bilim berishda talabalarni xalqaro
sertifikatlashtirish sohasidagi, sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko‘-
rish va o ‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan m a’lumotlar, sertifikatlash-
tirishda qatnashuvchi tom onlar va ularning vazifalari ham da
burchlari, laboratoriyalarni akkreditatsiyalash bilan bog‘liq bilimlar,
sertifikatlashtirish faoliyatida metrologik ta ’minot, sertifikatlash
tirishning huquqiy m e’yorlari va ularga rioya qilishlikdagi m a’lu
motlar, mahsulot sifatini yaxshilash va unga ta ’sir ko‘rsatuvchi
omillar bilan keng va har taraflama tanishtiradi.
Talabalarning nazariy bilimlarini «O‘zstandart» agentligi tomo
nidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari
yetarli darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining
ekspert-auditori guvohnomasi beriladi (agar attestatsiyalashdan
o ‘tmasa rad etiladi).
185
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muay
yan burch va mas’uliyatlarga egalar.
Ekspert-auditorlar tekshiruv rejasi belgilagan doirada faoliyat
yuritmoqlik; xolislik va tekshiruv natijalarini haqqoniy baholash;
tekshirishga kerakli hujjatlarning ketma-ketligi va saqlanishini
ta ’minlash va boshqa shu kabi burchlarga egalar.
Ekspert-auditorlar o ‘z burchlarini vijdonan bajarmasligi, xizmat
vazifalarini suiiste’mol qilish, shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanish,
so‘rovchini kamsitish yoki uning tijorat sirlarini oshkor qilish kabi
xatti-harakatlari uchun qonunan javobgarlar.
Nazorat savollari
Dostları ilə paylaş: |