Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi.
Mahsulotning badiiy ifodalanishi, shaklning to ‘g‘riligi, kompo-
zitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa
mahsulotning estetikligi deb ataladi.
Mahsulotning xavfsizligi uning murakkab xossasi bo‘lib, inson
uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichidir.
Mahsulotning ekologikligi uning murakkab xossalaridan biri
hisoblanib, atrof-muhitga zararli ta ’sir etish miqdorini belgilaydi.
Tayyor mahsulot o ‘zining iste’moldagi bahosi va boshqalariga
hamda uning iste’mol yoki ishlatilishdagi xarajatlarning yig‘indisiga
mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi.
Mahsulotning ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi,
ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi xarajatlar bo‘yicha raqobat-
lanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi mahsu
lotning tavsifi uning
raqobatbardoshligi deb ataladi.
Sifat ham boshqa tushunchalar kabi o ‘zining tizimiga egadir.
Sifat t izimi tashkiliy tuzilish, mas’uliyat, ish tartibi, jarayonlar,
resurslar yig‘indisi bo‘lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga
oshirilishi tushuniladi.
Sifat halqasi — ehtiyojni aniqlashdan to ularning qanoatlanishini
baholashgacha bo‘lgan turli xil bosqichlarda sifatga ta ’sir etuvchi
o ‘zaro bog‘liq faoliyat turlarining konseptual modelidir.
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklatu-
rasini tanlash, bu ko‘rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni
asos bo‘luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlar
ning yig‘indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi.
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar
ikkita turkumga bo‘linadi:
173