o ‘tkazishga taqdim etgan idora (tashkilot)ning muhri bilan tasdiq langan bo‘lishi lozim. Standart davlat ro‘yxatidan ko‘pi bilan 5 kun muddatda o ‘tka- ziladi. Standartni belgilash, standartni tasdiqlagan tashkilotdan qat’i nazar, «O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Standart belgisi quyidagilardan iborat bo‘ladi: — hujjat indeksi — O‘z DSt; — ro‘yxatga olingan tartib raqami; — ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami: masalan, O‘z DSt 789:1997. Standart asli, ikkinchi nusxasi va ikkita nusxasining birinchi betlarida ro‘yxatga oluvchi idora ro‘yxatga olgan idora nomi, sana va davlat ro‘yxatidan o ‘tgan raqam ko‘rsatilgan shtamp bosadi. Standartning ikkinchi nusxasi va yana bir nusxasi «O‘zstan- dart» agentligida qoladi. Standart asli va nusxaning ikkinchisi ishlab chiquvchiga qaytariladi. Tushuntirish yozuvi. Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi. Tushuntirish yozuvining nomida standartning darajasi va to ‘liq nomi, standart loyihasi tahririning tartib raqami va (yoki) standartni ishlab chiqish bosqichi to ‘g ‘risida m a’lumot keltiriladi. Misol uchun: Tushuntirish yozuvi O ‘zbekiston davlat standartining loyihasi_______________ ga (standart nomi) (fikr olishga tarqatiladigan birinchi tahriri). 113