ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘- yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan, standartning ko‘rilayotgan loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o ‘tkazadi. Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida mod- dalari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, majlis bayonno- masida tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo‘yicha alohida fikrga ega, deb ko‘rsatiladi. Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar reja- sining loyihasiga aniqlik kiritiladi. Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi-tashkilot uni buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jo ‘natadi. Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi. 111
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‘yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda stan dart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi. Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nusxaning qabul dalolatnomasi (BTK bayonnomasi)dan iborat bo‘ladi. Standartga kiritiladigan o ‘zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta’sir etmasa, faqat buyurtmachi