Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruh- lari tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o ‘rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lami va muddatlarini aniqlaydi. Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’i nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni iste’- mol qiladigan va mahsulot ishlab chiqaradigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir. Standartga kiritiladigan o ‘zgarish asosiy standart uchun belgi langan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxat- dan o ‘tkazilishi lozim. Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiy- lashtirilishi davlat standartlashtirish tizimi standarti va davlatlararo standarti (ГОСТ 1.5-85)ga muvofiq bajariladi. O ‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi. Davlat standartlari O‘z D St 1.1:1992 «O‘z SDT. O‘zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘y- xatidan o ‘tkazish tartibi»ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ), standartlash tirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Standartning mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko‘rsatkichlar, m e’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamo- naviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi. Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish