— standartlashtirish obyektining bir xil ma’noligi va ma’lu-
motlarning bir-biriga mosligini tushunishni;
— mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni tayyorlash, saqlash,
tashish, ekspluatatsiya va ta’mirlashning o ‘rnatilgan
umumiy
usullarini.
Asos b o ‘luvchi standartlar aniqlangan tizimlar (komplekslar)ni
hosil qilish, davlat (davlatlararo, xalqaro) va tarmoq standartlari
uchun tarkib topgan tarmoqning o ‘ziga xos xususiyatlari bilan
davlat hisobiga q o ‘shishda qoidalar sifatida yuzaga keladi.
Ushbu
standartlar asosiy (umumiy) qoidalar, tartibi (qoidasi), atama va
tushunchalar, umumiy talablar yoki me’yorlar, usullar,
ruxsat
etilgan chegaralar, namunaviy texnologik usullardan iborat bo‘ladi.
Mahsulot (xizmat)ga standartlar
bir turdagi mahsulot (xiz-
mat)lar guruhiga yoki aynan bitta mahsulot (xizmat)ga b o ‘lgan
talablarni o ‘rnatadi.
Bunday standartlar quyidagilarni o ‘rnatadi:
— mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga har tomon-
lama talablarni;
— mahsulotning o ‘zaro almashinuvchanligi va unifikatsiyasini
ta’minlovchi o ‘lchamlar va parametrik qatorlarni;
— mahsulotni tashish va ishlatishda
uning tarkibi saqlanuv-
chanligini ta’minlashni.
Mahsulotga standartlar va texnik shartlarni standart va texnik
shartlarga, axborot reglamentlariga, konstruktiv, metrologik, ergo-
nomik, texnologik, ekspluatatsion va chidamliliklariga mosligi va
mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarida
yuqori ilmiy-texnik
darajada ta’minlanishi hamda bularning barchasini o ‘zaro bog‘liq
holda shakllantirish lozim.
Texnik shartlar aniq bir turdagi mahsulotga ishlab chiqilib,
standartlar b o ‘yicha (o ‘zaro faoliyat) qat’iy muvofiqligi asosida
bir turdagi mahsulotlar guruhiga kiruvchi
aniq mahsulot ishlab
chiqilgan b o ‘lishi shart.
Bunday standartlar mahsulotning asosiy parametrlari va (yoki)
o ‘lchamlari, turlari, markasi, navini aniqlovchi sifat belgilari,
konstruksiyasi va o ‘lchami, umumiy texnik talablari, tamg‘alanishi,
qadoqlanishi, tashilishi, saqlanishi, ekspluatatsiyasi, ta’mirlanishi,
umumiy texnik shartlar, texnik shartlarga aloqador b o ‘ladi.
97