asosiy maqsadlari: — mahsulot sifati, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning
samaradorligini oshirish;
— detallar va agregatlarning o ‘zaro almashuvchanligini ta’min-
lash;
— moddiy boyliklar va energetik resurslarning hisobini olib
borish ishonchliligini ta’minlash;
— atrof-muhitni himoya qilish;
— salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita
ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida
metrologik profilaktika ishlari va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi
metrologik ta’ minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu
esa respublikamizda o ‘z vaqtida bozor munosabatlarining yanada
chuqurroq shakllanishi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eks-
port imkoniyatining oshirilishiga munosib zamin yaratadi.
Nazorat savollari
1. O ‘lchash deb nimaga aytiladi? O ‘lchash jarayoni, o ‘lchash obyekti, o ‘lchash usuli deganda nimani tushunasiz? 2. Kattalik nima? Uning qanday guruhlari mavjud? 3. Kattalikning sifat va miqdor tavsiflari nima asosida izohlanadi? 4. Kattalikning sifat tavsifi nimani bildiradi, miqdor tavsifi deganda nimani tushunasiz? 5. Kattaliklar qanday guruhlarga bo‘linadi? Ularni ta’ riflang. 6. Xalqaro birliklar tizimi (SI) haqida nimalar bilasiz? 7. O ‘lchash birliklariga qo‘ shimchalar deganda nimani tushunasiz? 8. Birliklar va o ‘lchashlarni belgilash va yozishda nimalarga e’tibor berish kerak? 9. O ‘lchash amalini bajarishda qanday usullar ishlatiladi? 10. Diskret o ‘lchash usuli nima? 82
11. Xatolik deganda nimani tushunasiz? Uni keltirib chiqaruvchi sabablar nimalardan iborat? 12. Muntazam xatolik nima va u qanday tashkil etuvchilardan iborat?