qo‘shimcha xatolik
deyiladi.
IV. Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra:
1. Muntazam xatoliklar.
2. Tasodifiy xatoliklar.
3. Q o‘pol xatoliklar yoki yanglishuv.
Muntazam xatolik deb, umumiy xatolikning takroriy o ‘lchash-
lar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil b o ‘ladigan,
saqlanadigan yoki o ‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Umumiy xatolikni 2.17-rasmdagi kabi tasvirlash mumkin.
75
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli-tuman
b o ‘lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki
butkul bartaraf etish mumkin b o ‘ladi. Muntazam xatoliklarning
asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
■ uslubiy xatoliklar;
■ asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;
■ subyektiv xatoliklar.
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi nati-
jasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
O ‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib
chiqadigan xatolik
asbobiy xatolik
deb ataladi. Masalan, asbob
shkalasining noto‘g‘ri graduirovkalanishi (darajalanishi), q o‘zg‘a-
luvchan qismning noto‘g‘ri mahkamlanishi va hokazolar.
Subyektiv xatolik — kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan
xatolikdir.
2.8. Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmat
Metrologik xizmat — davlat idoralari va yuridik shaxslar metro
logik xizmatlarining tarmoqlari va ularning o ‘lchashlar birliligini
ta’minlashga y o ‘naltirilgan faoliyat.
O ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashkiliy asosi davlat
metrologik xizmati va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlaridan
tashkil topgan O ‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmati
hisoblanadi.
O ‘ zbekiston Respublikasi davlat m etrologik xizm ati.
«O ‘zstandart» agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi
davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi
va nazoratini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning
boshqa turlarini ham bajaradi.
Davlat metrologik xizmatiga «O ‘zstandart» agentligi rahbarlik
qiladi.
76
«O ‘zstandart» agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quyi-
dagilar kiradi:
— metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va
tarmoqlararo muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga
oshirish;
— milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoida
larini o ‘rnatish va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’min-
lash;
— o ‘lchashlar vositalari, metodlari va natijalariga umumiy
metrologik talablarni belgilash;
— davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
— metrologik masalalar b o ‘yicha me’yoriy hujjatlar, shu jum-
ladan, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy
kuchga ega bo‘lgan hujjatlarni boshqa davlat boshqaruv idoralari
bilan birgalikda qabul qilish;
— metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni
tayyorlash;
— O ‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro
shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish;
— xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari b o ‘yicha
faoliyatida qatnashish;
— O ‘zbekiston o ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O ‘z
O‘BTT)ning ishi va rivojlanishi, xalqaro o ‘lchashlar tizimi va boshqa
mamlakatlarning o ‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni
ta’minlash;
— iste’molchilarning huquqlari, insonlarning sog‘lig‘i va xavfsiz-
ligi, atrof-muhit va davlat manfaatlarini o ‘lchashlarning ishonchsiz
natijalari salbiy ta’sirlaridan himoya qilish b o ‘yicha tadbirlarni
amalga oshirish.
«O ‘zstandart» agentligi to‘g‘risidagi Nizom O ‘zbekiston Res
publikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli
qarori bilan tasdiqlangan. Unga ko‘ra Davlat metrologik xizmatiga
quyidagilar kiradi:
— Milliy etalonlar markazi;
— Metrologik xizmat Bosh markazi;
77
— Standart namunalar Bosh markazi;
— Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-
tadqiqot instituti (SMS ITI) Malaka oshirish markazi (M OM )
bilan birga;
— sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SSM)ning
metrologik laboratoriyalari;
— standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
— Axborot-ma’lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O ‘zbekiston Respublikasi etalon zaxi-
rasini rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining
davlat etalonlarini yaratish, saqlash va q o ‘llanish b o ‘yicha ishlarni
olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga
yuklatilgan b o ‘lib, o ‘lchashlar birliligini ta’ minlash ilmiy-metodik,
texnik-iqtisodiy, tashkiliy, me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya
sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, uning vazifalari ham SMS
ITI ga yuklatilgan, moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining
standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi,
yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va q o ‘llanish
tartibi b o ‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda
chiqariladigan davlat standart namunalarini ekspertiza qilish va
attestatsiyalashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish b o ‘yicha Markaz hududiy
SSM ning metrologik laboratoriyalari, hududiy SMB o ‘lchashlar
birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat
metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik
tekshiruv va nazoratni O‘z DSt 8.002:2002 «O ‘z O ‘DT. Metrologik
tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar» b o ‘yicha o ‘tkazadi.
Axborot-ma’lumotnoma markazi me’yoriy hujjatlar jamg‘ar-
masini saqlaydi va O ‘z O ‘ BTT qatnashchilarini axborotlar bilan
ta’minlaydi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati — o ‘lchashlar birliligini
ta’minlash b o ‘ yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada
78
2.18-rasm. Metrologik ta’minotni tashkillashtirish.
(tashkilotda) metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi
metrologik xizmat.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati o ‘lchashlar birliligini
ta’ minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologik tekshiruvni
o ‘tkazish zarur b o ‘lgan hollarda tashkil etiladi.
Bunda bosh, tayanch metrologik xizmatlar tadbirkorlik sub-
yektlarida o ‘z faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda
davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari tomonidan tashkil etiladi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarining huquqlari va
majburiyatlari davlat metrologik xizmati idoralari bilan kelishilgan
nizomlarda belgilanadi. Yuridik shaxslarning metrologik xizmati
Namunaviy nizomi O ‘z RH 51-011-93 «O ‘z O ‘DT. O ‘zbekiston
Respublikasida yuridik shaxsning metrologik xizmati to‘g‘risida
namunaviy nizom»da keltirilgan.
Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmatlarning asosiy
vazifasi ishlab chiqarishni metrologik ta’ minlash bo‘lib hisoblanadi.
2.18-rasmda mahsulot hayotiy siklining bosqichlarida metrolo
gik ta’minotni tashkillashtirish yanada qulay ko‘rinishda keltirilgan.
79
Mahsulot ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash jarayonida
talab qilingan sifat ko‘rsatkichlariga har bir texnologik jarayon-
larning nazoratini o ‘lchashlarni bajarish yordamida erishiladi. Bu
bosqichda o ‘lchash vositalari va usullari aniqlanib hamda o ‘lchash
nazorati va o ‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar
bajariladi, o ‘lchashlarni bajarish uslubiyati ishlab chiqiladi va
attestatsiyalanadi, agarda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi nazarda
tutilgan bo‘lsa, texnologik jarayonlar va texnikaviy hujjatlar metro
logik ekspertizadan o ‘tkaziladi.
O ‘lchash axborotiga nafaqat miqdor b o ‘yicha, balki sifat b o ‘ -
yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga o ‘lchashning aniqligi, ishonch-
liligi, tannarxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasi asosida metrologik ta’minot
yotadi.
Dostları ilə paylaş: |