Infuzion terapiyaga ko'rsatmalar. Infuzion terapiya deb, suyuqliklarni quyib davolashga aytilsa, qon va uning preparatlarini quyishga transfuzion terapiya deb aytiladi. Ikkalasini birlashtirib infuzion-transfuzion terapiya deb yuritiladi.
Bu yo'l bilan davolash orqali og'ir holatdagi bemorning organizmida bo'ladigan turli patologik o'zgarishlarni tartibga solish yoki xavfning oldini olish mumkin. Bu usul davolashning asosiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham infuzion terapiyaning oldiga qo'yilgan vazifalar va ko'rsatmalar ko'p. Ular quyidagi-lardan iborat: qon hajmini va reologiyasini korreksiya qilish; to'qimalardagi suyuqliklar tarkibini korreksiya qilish; turli dori-larni qo'shib yuborish; zaharlanishlarga qarshi kurashish; parenteral yo'l bilan ovqatlantirish; qonning biokimyosi va kolloid osmatik hususiyatlarini tiklash.
Bemorning ahvoli qay darajada, nima sababga ko'ra og'ir bo'lmasin, har qanday holatda ham qonning reologiyasi buziladi; sekvestratsiya holati paydo bo'ladi. Ana shunday holatlarda ham infuzion terapiya juda zarur bo'ladi. Endi infuzion terapiya uchun kerak bo'ladigan suyuqliklar va moddalarni ko'rib chiqaylik.
Donor qoni. Qon o'rnini bosadigan birorta ham suyuqlik yoki modda yo'q. Qon bu to'qimadir. Sog'lom kishining organizmida 5—7 litrgacha qon bo'lib, u organizmga hayot bag'ishlaydi. Qon ikki qism: suyuq plazma va quyuq eritrotsitar massadan iborat. Quyuq qismi qon elementlari, suyuq qismi plazma, glukoza, oqsillar va tuzlardan iborat. Qon to'rt guruhga bo'linadi:
birinchi guruhda aglyutinin alfa va bettalar bo'lib,
aglyutinogen yo'q;
ikkinchi guruhda A/II, aglyutinogen A hamda
aglyutinin betta bor;
uchinchi guruhda aglyutinogen B/ITI va aglyutinin
alfa bor;
— to'rtinchi guruhda AB/IV, aglyutinogen A va В
lar bor. Aglyutinogenlar eritrotsitlar tarkibida, aglyutininlar esa
qon plazmasi tarkibida bo'ladi. Qon quyganda bo'ladigan gemo-
transfuzion asoratlar, asosan, aglyutinogenlar hisobiga yuz beradi.
Qon quyishda qon guruhlaridan tashqari rezus omilni ham aniq
lash kerak. Rezus omil antigen yoki maxsus oqsil — eritrotsitlar
tarkibida bo'ladi. 85 % rezus manfiy va 15 % rezus musbat kishilar
bor. Qon quyganda guruhi to'g'ri kelsa-yu, biror-bir asorat sodir
bo'lsa, albatta rezus omildan deb o'ylab, shunga qarab ish tutish
kerak.
Qon quyadigan tibbiyot xodimi immunogematologiyani bi-lishi shart. Har doim qon yoki oqsil quyganda organizmda anti-tana paydo bo'ladi. Shu antitana ko'ngilsiz holatlarga olib kelishi
H-1.70 .
Dostları ilə paylaş: |