10.
11.
12. 13. 14.
15. 16.
17. 18. 19. 20. 21.
22. 23. 24.
25. 26.
NAZORAT SAVOLLARI
Qon aylanish sistemasini qaysi a'zolar tashkil qiladi? Yurakning anatomik va fiziologik tuzilishini va xususiyatlarini reanimatsiya hamshirasi nuqtayi nazaridan aytib bering. Makrosirkulatsiya sistemasini ta'riflang. Uning ahamiyati nimada? Arterovenoz shuntlar nima? Ular qachon paydo bo'ladi, ularning ahamiyati nimada?
Qon aylanishining buzilish bosqichlari qanday? Sekvestratsiya gipovolemiya nima? Sekvestratsiyaning depolardan farqi nimada?
O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi va uning sabablari nima-lardan iborat?
Chap va o'ng qorincha yetishmovchiligi nima? Ikkala qorinchalar yetishmovchiligi nima? Aritmiyalarning sabablari nima, aritmiyani qanday aniqlaysiz? Fibrilatsiya nima, u qanday sodir bo'ladi, siz qanday yordam berasiz?
A-B blokada nima, qanday birinchi yordam berasiz? O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligiga nimalar kiradi? O'tkir miokard infarkti nima, unga nima sabab bo'ladi? Siz qanday tashxis qo'yasiz va qanday yordam berasiz? O'tkir miokard infarktining qanday forma va asoratlari bor? Kardiogen shok nima, sizning birinchi yordamingiz qanday bo'ladi?
O'pka arteriyasi tromboemboliyasi nima, siz qanday tashxis qo'yasiz va birinchi yordam ko'rsatasiz? O'pka shishuvi nima, u qanday sodir bo'ladi, uni oldindan bilish mumkinmi?
Elektrokardiogramma nima? U qanday yoziladi, apparat bilan tanishmisiz?
Defibrilatsiya nima, apparat bilan tanishmisiz, uni qoilashni bilasizmi?
Gipertonik kriz to'g'risida nimalarni bilasiz? Qanday kriz turlari bor?
Simptomatik gipertoniya nima? Tashxislang. Bazis terapiya haqida nimalarni bilasiz?
Apoplastik koma nima, u qanday sodir bo'ladi? Bunda siz qanday birinchi yordam ko'rsatasiz?
O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligida hamshira tashxisi va parvarish rejasi qanday bo'ladi?
O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligida qanday dorilar qo'l-laniladi?
Dostları ilə paylaş: |