O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə59/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Defibrillatsiya — yurak qorinchalari fibrillatsiyasini yo'qotish yoki ritmni tartibga keltirishdir. Defibrillatorlar doimiy va o'zgaruvchan tokda ishlashi mumkin. Tashqi defibrillatsiya qilish uchun elektrodning biri yurak ustiga, ikkinchisi chap yelka ostiga qo'yiladi. Yurak ustiga qo'yilgan elektrod dastasi rezina izoiatsiyalidir.

Elektrodlar qo'yishdan oldin fiziologik eritmada ho'llangan

dokalarga o'raladi, keyin bemor badaniga qo'yiladi. Agar

defibrilatsiya muvaffaqiyatsiz bo'lsa, tomirga adrenalinning 4 % li

soda eritmasi yuborilib, yurak tashqi massaj qilinadi, ikkinchi

g 80 • —


martada ham defibrilatsiya muvaffaqiyatsiz o'tsa tomirga lidokain va 0,1 % li atropin yuborilib, tashqi massaj davom ettiriladi. Defibrillatsiyada birinchi urinishda 200 J razryad qo'llaniladi, ikkinchi va uchinchi urinishda razryad 300 J gacha ko'tarilishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, defibrilatsiya o'tkazilayotganda elektrodlar bemor badaniga jips qo'yilishi, tibbiyot xodimlari esa bemor yotgan to'shakka tegmasliklari

kerak.


Defibrillatsiyani kardiostimulator apparati bilan o'tkazish ham mumkin. Defibrilatsiya bilan bir qatorda nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash, bemorni intubatsiya qilish, markaziy tomirlardan biriga katetr qo'ymasdan muvaffaqiyatga erishish qiyin. Bemorning katta tomirlaridan biriga katetr qo'yilgan bo'lsa, dorilarni (atropin, soda, lidokain, adrenalinlarni) yurak bo'shli-g'iga yuborish shart emas.

Ko'krak qafasi a'zolarida operatsiyalar borganda defibrilatsiya o'tkazish zarur bo'lsa, elektrodlar to'g'ridan-to'g'ri yurak mushak-lariga qo'yiladi. Defibrillatsiya_ paytida xonadagi barcha elektr asboblari o'chirilib, bemor organizmiga hech kim qo'lini tegiz-masligi shart.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin