Miokard infarktining asoratlariga kardiogen shok; o'tkir yurak yetishmovchiligi; o'pka shishuvi; yurak astmasi; yurak anevrizmi; Dresler sindromi; o'pka arteriyasining tromboem-boliyasi, yurakning yorilishi; oshqozon va ichaklardan qon ketishi, qon aylanishining surunkali buzilishi; infarktdan keyingi kardioskleroz; miokard infaktining qaytalanishi kiradi.
Kardiogen shok. Miokard infaktida ko'p uchraydigan asorat bo'lib, hozirgi paytda shokdan bo'ladigan o'lim 80—90 % ni tashkil qiladi.
Shokning kelib chiqish mexanizmi asosida bir daqiqada yurakning aortaga chiqargan qon miqdorining kamayishi, ya'ni yurak o'zining nasos funksiyasini bajara olmasligi yotadi. Kardiogen shokning kechishi nekroz maydonining katta-kichikligiga bog'liq. Agar miokardni 50 %dan ortiq qismini nekroz egallagan bo'lsa, unda reaktiv kardiogen shok kuzatiladi. Uni davolash juda qiyin bo'ladi.
Kardiogen shokda o'tkir tomir-yurak yetishmovchiligi sodir bo'lishi natijasida deyarli hamma a'zolarda qon aylanishi yoki qon bilan ta'minlanish buziladi. Ularda nekroz chegaralari paydo bo'lib, ichaklardan qon ketishi mumkin, hatto yurakning o'zini ham qon bilan ta'minlanishi og'irlashadi, ishemik zonalar nekroz zonalarga aylanadi.
Kardiogen shokning asosiy belgilari simptom va sindromlar bilan ifodalanadi. Kardiogen shokning periferik belgilari quyida-gilar: bemor terisi oqargan, lablari ko'kargan, organizmi sovuq ter bilan qoplangan, vaqti-vaqti bilan qo'zg'aluvchan, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligining hamma belgilari ko'zga tashlanadi. Chap qorincha yetishmovchiligi yuzaga keladi, ya'ni bemorda hansirash kuchayib, akrotsianoz paydo bo'ladi; tomir urishi tezlashib, ipsimon bo'ladi; qon bosimi tushib ketadi; o'pka shishuvi belgilari paydo bo'ladi.
Kardiogen shokning oqibatini aniqlashda tomir urishining ahamiyati katta, tomir urushi 20—25 martadan kam bo'lsa, shokning oqibati yomon bo'ladi. Kardiogen shokda og'riq gemodinamikaning buzilishida asosiy o'rin egallaydi. Kardiogen shokda buyrak yetishmovchiligi tez yuzaga chiqadi, chunki buyrak periferik a'zolardan hisoblanadi. Buyrak yetishmovchiligida azotemiya sodir bo'lib, bemor ahvoli yanada og'irlashadi. Kardiogen shokda ko'pincha yurak ritmining buzilishi, ya'ni ekstratsistoliya, mersatil aritmiya, blokadalar paydo bo'lib, aritmik shok yuzaga keladi. Bu bir daqiqada yurakning aortaga chiqargan qon miqdorining kamayishiga olib keladi. Aritmik shok ko'pincha transmural va qaytalangan infarktlarda ko'p uchraydi.
Kardiogen shokning Vinogradov bo'yicha quyidagi darajalari bor:
birinchi darajasi yengil bo'lib, 3—5 soat davom etadi, qon bosimi 90/50 dan 60/40 mm.sim.ust.ga tushishi mumkin, oiim 6—7 % ni tashkil qiladi;
i к к i n с h i d a r a j a s i o'rtacha og'ir formasi bo'lib, shok holati 5—10 daqiqagacha davom etadi, qon bosimi 40 mm.sim.ust.gacha tushib ketadi, tomir urishi esa 10—15mm. sim. ust.ni tashkil qiladi, o'pka shishuvi belgilari paydo bo'lib, o'lim 65—70 % ni tashkil qiladi;
uchinchi darajasi o'ta og'ir bo'lib, qon bosimini aniqlab bo'lmaydi, tomir urishi 15 mm. sim ust.dan past, o'tkir yurak yetishmovchiligi belgilari sodir bo'lib, o'lim 91 % ni tashkil qiladi.
Bu bo'linishlar shartli bo'lib, ayrim paytlarda shunday holatlar bo'ladiki, hatto qaysi darajasi ekanini aniqlashning iloji bo'lmaydi, bemor ahvoli og'irlashib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |