O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Qorinchalar titrog'i yoki fibrilatsiyasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə52/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Qorinchalar titrog'i yoki fibrilatsiyasi yurak qorinchalari mushaklarining o'z-o'zicha tartibsiz titrashi bilan xarakterlanadi. Qon aylanishi o'ta darajada buziladi yoki to'satdan o'lim yuz berishi mumkin. Bu asoratga olib keladigan sabablar: miokard infarkti, elektr shikastlar yoki yurak mushaklaridagi chuqur organik o'zgarishlar. Fibrilatsiya klinik o'limga olib keladi, uni davolashda o'pka-yurak reanimatsiyasi choralari qo'llaniladi.

4.5. O'tkir tomir yetishmovchiligi

O'tkir tomir yetishmovchiligi va o'tkir yurak yetishmovchiligi degan atamalar shartli ravishda qabul qilingan, chunki yurak va tomirlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Birining yetish­movchiligi ikkinchisining yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. Tomir yetishmovchiligida tomirlar tonusi tushib ketadi, natijada tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdori kamayadi, gi povolemik holat sodir bo'ladi, bo'lmachalarga qon kelishi susayadi. Bu holat o'z navbatida yurak yetishmovchiligiga olib keladi. O'tkir tomir yetishmovchiligiga olib keladigan sabablar quyidagilar: anafilaktik shokda dorilarning tomirlar devoriga salbiy ta'siri, zaharlanislilar, ko'p qon ketishlar, anestetiklarning tomirlar markaziga salbiy ta'siri, ich ketish, qusish natijasida organizmda elementlarning kamayib ketishi. O'tkir tomir yetishmovchiligiga hushdan ketish, kollaps va shok holatlari kiradi.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin