Qorinchalar yetishmovchiligi. Uzoq vaqt davomida yurak xasta-ligi bilan og'rigan bemorlarda, qon aylanishi buzilishining to'rtinchi darajasida, ayrim anestetiklarning yurak mushaklariga salbiy ta'-siri oqibatida qorinchalar yetishmovchiligi kelib chiqadi. Unda bemorlarning ahvoli o'ta og'tr bo'lib, dekompensatsiya darajasida bo'ladi. Bunday bemorlarga simptomatik davolash usuli qo'llaniladi.
4.4. Aritmiya
Yurak tomirlarining o'tkir va surunkali kasalliklari yurak ritmining buzilishiga, u o'z navbatida yurak-tomir yetishmovchiligiga olib keladi.
Yurak ritmining buzilishi aritmiya deyiladi. Uning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: yurak tomirlarning surunkali va o'tkir yetishmovchiligi hamda kasalliklari; yurak mushaklarining zaharlanishi; turli xil gipoksiyaholatlari; organizmdagi turli xil og'ir patologik jarayonlar; ayrim anestetiklarning yurak ish faoliyatiga salbiy ta'siri va h.k.
Aritmiyani aniqlashda elektrokardiogramma yordam beradi.
Aritmiyaning quyidagi formalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |