O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Chap qorinchaning o'tkir yetishmovchiligi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə47/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Chap qorinchaning o'tkir yetishmovchiligi. Chap qorincha­ning o'tkir yetishmovchiligi o'tkir yurak yetishmovchiligining eng ko'p uchraydigan ko'rinishlaridan biri hisoblanib, uning pato-genezi asosida chap qorincha tomirlarining qon bilan ta'min-lanishining buzilishi yotadi. U quyidagi sabablar oqibatida kelib chiqadi: yurak toj tomirlarining sklerozi; yurak paroklari; gipertoniya; periferik qon tomirlar qarshiligining oshishi; o'tkir miokard infarkti; turli o'tkir va og'ir zaharlanish va boshqalar. Klinik belgilariga quyidagilar: hansirash va uning borgan sari ortib borishi; taxikardiya;-gipotoniya; kichik qon aylanish doirasida dimlanishning paydo bo'lishi; bemor yo'talganda o'pkada qon kelishi yoki qon tuflashi, bemorning o'ziga qulay holatni qidirishi vagipoksiya holatining kuchayib borishi. Chap qorinchaning yetishmovchiligida qorinchaning qisqarishi organizm uchun foyda keltirmaydi, ya'ni qonni aortaga yetarli darajada chiqarib bermaydi — yetishmovchilik sodir bo'ladi. Bu degani, yurakning urishi bilan periferiyadagi tomir urishlar soni to'g'ri kelmaydi, defitsit qancha katta bo'lsa, natija shuncha xavfli bo'ladi.

Davolashda yurak mushaklari qisqarishining yaxshilanishiga erishish yoki yurak bir marta qisqarganda chiqargan qon miqdorini ko'paytirish kerak. Bu qon miqdori normada 30—50 mg ga teng. Bemor yarim o'tirgan holatga keltirilib, katetrlar yoki maskalar orqali kislorod beriladi, yurak glukozidlari qo'llaniladi, qon bosimi past bo'lgan holatlarda bosimni ko'tarish choralari ko'riladi. Buning uchun kalsiy xlor, gormonlar keng qo'llaniladi. Gipertoniya kasalligi sabab bo'lgan bo'lsa, bosimni tushirish va o'pka shishishiga qarshi choralar ko'riladi. Bunda gipotenziv dorilar yordam bermasa, ganglioblokatorlar qo'llash mumkin. Umuman olganda simptomatik va sindromli davolashlar olib boriladi, o'pka shishishiga qarshi kurashish choralari ko'riladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin