O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə53/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Hushdan ketish. Bosh miyaning vaqtincha qisqa vaqt ichida qonsizlanib qolishi natijasida hushdan ketish sodir bo'ladi. Hushdan ketgan bemor bo'lgan voqealarni eslay olmaydi.

Klinik begilari: biroz bo'lsa ham qon bosimi pasayadi, tomir urishi sekinlashadi, bemorning rangi oqaradi. Hushdan ketish uzoq davom etsa, bemorning lablari ko'karadi, organizmini sovuq ter bosadi, ko'ngli aynib qusishi mumkin, ayrim paytlarda beixtiyor siydik ketib qolish holatlari kuzatiladi.

Hushdan ketish holati unchalik xavfli bo'lmasa ham undan kelib chiqadigan asoratlar xavflidir. Bemor hushini yo'qotganda biror o'tkir narsa ustiga yiqilib tushishi yoki og'zi qoplanib qolishi mumkin. Bunday bemorlar tez yotqizilib ko'krak qafasi, kiyimlari bo'shatiladi, yuziga suv sepiladi yoki nashatir spirti hidlatiladi, shunda o'ziga keladi. Og'ir holatlarda bemorga kordiamin, glukoza kabilarni yuborish mumkin. Bemor anamnezida hushdan ketish holatlari tez-tez bo'lib turgan bo'lsa, bemorni tekshirib ko'rish kerak. Biror jiddiy patologiya bo'lishi va aniqlanishi mumkin.

Kollaps. O'tkir tomir yetishmovchiligining og'ir formasi bo'lib, bemor organizmida biror bir patologik jarayon borligidan darak beradigan holatd'ir. Tibbiyot xodimlaridan alohida e'tibor berib davolash talab qilinadi.

Kollaps sabablari quyidagilar: o'tkir tomir yetishmovchi­ligining barcha turlari; yurak ritmining buzilishi; septik holatlar; o'pka yallig'lanishlari; turli xil zaharlanishlar; ko'p miqdorda qon ketish, ich ketish va qusishlar; suv-tuz muvozanatining buzilishi; gipovolemik holatlar; ayrim dorilarning tomirlar devorigasalbiy ta'siri; tomirlar.tarangligi va ish faoliyatini boshqaruvchi markaz-ning zararlanishi.

Agarda kollapsning oldi olinmasa yoki sabablariga qarshi kurashilmasa, a'zolarda yoki butun organizmda qaytmas jarayonlar sodir bo'lishi mumkin.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin