O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


KORXONA RAHBARI VA BOSH BUXGALTERIN1NG HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə5/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
BUXG KITOBLARI

KORXONA RAHBARI VA BOSH BUXGALTERIN1NG HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega:

  1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish.

  2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslash- tirilgan buxgalteriya bo'limiga yuklash.

  3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish.

Rahbar quydagilami ta’minlashi shart.

  1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini.

  2. Xo'jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini.

  3. Buxgalteriya hisobi to'liq va aniq yuritilishini.

  4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini.

  5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni.

  6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini.

  7. Hisob-kitoblar o'z vaqtda amalga oshirilishini.

Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni, ichki xo'jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya "hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo'yicha korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig‘ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri- sida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlami imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro’yxatining mavjudligi uchun javobgar bo'ladi.
Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag'larini qabul qihsh hamda berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo’jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo’lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbari- ning yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslami (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan bo’shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Agar korxona bosh buxgalteri o‘zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqljgi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ulami arxivga o‘z vaqtida topshirish uchun bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya bo‘limi hujjat­lami ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlami hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta’minlashi lozim.
Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ulami arxivga o‘z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas’uldir.

  1. KORXONA BUXGALTERIYASINING TASHKIL QILINISffl VA ULARNING FUNKSIYALARI

Buxgalteriya xodimlari korxonalaming ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda muhim vazifani bajaradi. Hisob ma’lumotlari asosida korxonaning rahbar xodimlari reja topshiriqlarining hamma ko‘rsatkichlari bo'yicha qanday bajarilayotgani haqida xulosalar chiqaradi va tegishli tadbir choralarini ko'radi. Buxgalteriya korxona- lardagi boshqarish apparatining ajralmas qismi bo‘lib, bu korxonaning hamma ishlab chiqarish qismlari va bo'limJari bilan mustahkam aloqada bo'ladi. Buxgalteriya xodimlari ish joylarini tashkil etish hisob jarayonining oqilona asoslangan texnologiyasidan ajralmasdir. Shu bois ish joylarini belgilashdan oldin hisob jarayonining mazmuni chuqur tahlil qilinishi kerak. Ko‘p hollarda bir xildagi hujjatlar bilan ishlaydigan buxgalterlaming ish stollari nafaqat xonaning qarama-qarshi burchagida, balki turli xonalarda bo'lishi kerak.



Korxona bosh buxgalteri, uning o'rinbosari, shuningdek, boshqa buxgalterlar alohida xonalarga joylashishi kerak'. Hisob ishlarini zamonaviy tashkil etish uchun buxgalteriya bo‘limini texnik vositalar (kompyuter, printer, faks, modem, telefon va boshqalar) bilan to‘liq jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi.


  1. Yüklə 2,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin