O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


Debeti bo‘yicha oboroti quyidagi schyotlarning kreditidan



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə58/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98
BUXG KITOBLARI

Debeti bo‘yicha oboroti quyidagi schyotlarning kreditidan

Jiaia

Saldo

5110
(2-j-o)

5510
(3-j-o)

4310
(8-j-o)




debeti
b-cha

krediti
b-cha

D

К

Yanvar

























Fevral

























va h.k.

























Noyabr






















45400,0

Dekabr

362302,4

15896

1000




379198

433629,0




99830,6





2610-«Ishlab chiqarishdagi brak



Oy

Debed bo'yicha oboroti quyidagi schyotlarning kreditidan

Jami

Saldo

1010

6710

6520

6910

2010

2510

debeti
b-cha

krediti
b-cha

D

К

Yanvar































Fevral































va x.k.































Noyabr































Dekabr

60

200

28

12

272

142

714

714










Bosh daftarda schyotlaming qoldig'i chiqarilgandan so'ng ular analitik ma’lumotar bilan tekshiriladi, jumal-order shaklining registrlari ma’lumotlari bo'yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.



  1. CHORAKLIK VA YILLEK MOLIYAVIY HISOBOT

Moliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki sanasi bo'yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi va schyotlardagi qoldiqlar bo'yicha ma’lumotlar ma’lum bir sanaga tuziladi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma’lum bir davr uchun tuziladi.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrigacha bo'lgan davr kalendar yil hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko'rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo'yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Subyektning buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31-dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to'g'risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrigacha bo'lgan davr hisoblanadi.
Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat’i nazar, to'liq nusxalarda quyidagi foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraligacha bo'lgan muddatda taqdim etilishi shart:

  • korxonaning mulkdori hisoblangan (davlat mulkini boshqarishga vakolati bo'lgan organlarga, qatnashchilarga, ta’sischilarga) ta’sis etish to'g'risidagi hujjatlar asosida;

  • davlat soliq idoralariga;

  • davlat statistika idoralariga;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.

Moliyaviy hisobotni boshqa foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi mustaqil ravishda korxona rahbariyati (uning mulkdorlari va ta’sischilari) tomonidan tartibga solinadi va korxonaning hisob siyosatida ko'zda tutiladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlaming yillik moliyaviy hisobotlari man- faatdor subyektlar: banklar, biijalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko'chirish xarajatlarini qoplab, uning nusxasini olish huquqiga egadirlar.
Ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar biijalari, investitsiya fondlari va bosha moliya muassasalari har yili moliyaviy hisobotni undagi ma’lumotlaming to’g’riligi auditor tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot tugagandan keyin 1-maydan kechiktirmay e’lon qiladilar.
Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari gazetalar, jumallar va bulletenlarda yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan muddatlarda alohida nashrda e’lon qilinishi kerak.

Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi

Moliyaviy hisobot shakli

Taqdim etishning davriyligi

Buxgalteriya balansi - 1-shakl

har chorakda

moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot -2-shakl

har chorakda

asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot - 3-shakl

yillik

pul oqimi to'g'risida hisobot - 4-shakl;

har yarim yillikda

xususiy kapital to’g’risida hisobot - 5-shakl;

yillik

izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar

yillik

tushuntirish xati







Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan taqdim etiladi. Yarim yillikning moliyaviy hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.


Bir shaharda joylashgan korxonalar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim qilish muddati uni aynan taqdim qilingan kun hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa jo'natilgan va aloqa bo’limi muhri bilan belgilangan kun hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kuni ish bo’lmagan kunga to’g’ri kelgan paytda, taqdim etish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga ko’chiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba’zi-bir xo’jalik sub’ektlari uchun bu xo’jalik subyektlari faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini, ulardagi hisob ishining murakkabligini (shu bilan birga avtomatlashtirilganlik darajasini) o’rganib chiqqandan keyin choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi (1- son BHMA, 64-band).
Bunda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi agar xo'jalik subyektida hisob ishi avtomatlashtirilmayotgan va shu sababli moliyaviy hisobot yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmayotgan bo'Isa, u holda hisobotni taqdim etish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobotning tayyorlanishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida topshirilishi uchun javobgarlik buxgalteriya hisobini tashkil qiluvchi xo'jalik subyekti rahbarining zimmasiga yuklatiladi.

  1. MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLAR VA RENTABELLIK KO RSATKICHLARINI ANIQLASH

Har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z harakat doirasida va uning ta’sirida rivojlanishi, qayta tashkil etilishi yoki bankrot bo'lishi mumkin. Hozirgi kunda tashkil etilgan korxona yoki firma qatorida o'z faoliyatini to'xtatayotganlari ham uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab raqobatdir. Raqobat - o'zgaruvchanlikni, harakatchanlikni va yangilikni talab qiladi. Raqobatga bardosh berolmagan korxonalar o'mini boshqa shunday korxonalar band qilishadi.
1999-yil 26-iyulda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 362-sonli qaroriga muvofiq «Korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlovchi mezonlar tizimi» qaytadan ishlab chiqildi. Korxonalami bankrot deb e’lon qilish va ulami tugatish shartlari vakolatiga O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasi qoshidagi «Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo'limi» egadir. Bu bo'lim tomonidan korxonani iqtisodiy nochor yoki bankrot deb e’lon qilishning tartiblari ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, iqtisodiy nochor belgilarini aniqlash (tashxis qo'yishjning asosiy mezonlari sifatida quyidagi ko'rsatkichlar tizimi belgilangan:

  • korxonaning to'lovga layoqati va qoplash koeffitsientini o'rganish;

  • korxonaning moliyaviy mustaqillik darajasini baholash;

  • uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlami, moddiy aylanma mab- lag'lami manbalashning holati;

  • o'z va qarz mablag'lari orasidagi o'zaro nisbat darajalari;

  • ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasi;

  • asosiy va nomoddiy aktivlaming holat ko'rsatkichlari;

  • muddati o'tgan qarz majburiyatlarining holati.

Bu ko'rsatkichlami o'rganish orqali korxona va firmalaming iqti- sodiy nochorligini oydinlashtinivchi savollarga javob beriladi, iqtisodiy nochorlik belgilarining bor yoki yo'qligi aniqlanib, zarar bo'lsa, bank- rotlik qarori qabul qilinadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda foyda- laniladigan har bir koeffitsientning me’yorlashtirilgan chegaraviyligi belgilangan ushbu chegaraviylikdan o‘zgarishlar asosida korxona moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo'yiladi.
Bugungi kunda foyda ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi korxona faoliyatiga beriladigan baho mezonidir. Ammo korxona faoli- yatiga baho berishda foyda ko'rsatkichidan tashqari rentabellik ko'rsatkichidan ham keng foydalaniladi.

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin