Xomashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va hokazo.
Materiallar — xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo'llaniladigan va mahsulotga ma’lum iste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi. Masalan, gazlama, charm, metall va hokazolar.
Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar-ma’lum darajada ishlov bosqichidan o’tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar.
YoqiIg‘i - ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari.
Ehtiyot qismlar - mashina va jihozlami tuzatishda, ishdan chiqqan qismlami almashtirishda qo'llaniladigan mashina va mexanizmlaming detal, agregat va qismlari.
Qurilish materiallari- bevosita qurilish, montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruksiya va qurilmalarini ko'tarishda hamda qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarar bo‘ladigan yog‘och-taxta, shifer, mix kabi materiallar.
Idish va idish materiallari- turli material va mahsulotlami o‘rash, joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog‘och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari - ushbu guruhga korxona xo'jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi.
Qayta ishlashga berilgan materiallar- korxona balansida turgan, qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta ishlash uchun o‘zga korxonaga berilgan chorvachilik, o‘rmon xo'jaligi hamda o‘simliklardan olinadigan mahsulotlar kiradi. '