O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


-1090 «Materiallar» schyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə21/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
BUXG KITOBLARI

1010-1090 «Materiallar» schyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi.
D-t 1010-1090 K-t








D-t 2010 K-t

Mol yetkazib beruvchilardan
materiallar kelib tushishi


Asosiy ishlab chiqarishga
sarflanishi


D-t 2310 K-t
Yordamchi ishlab chiqarishdan materiallaming kirimi

D-t
Yordamchi ishlab
chiqarishga sarflanishi

JH
Umumishlab chiqarishga
sarflanishi


2310 K-t

2510 K-t
D-t 6010 K-t
Tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy tannarxi ushbu boyliklami sotib olish, ulami tayyorlash, korxonaga olib kelishga doir xarajatlar va transport xarajatlaridan iboratdir.
Hisob narxlarida materiallami hisobga olish hisob narxlari bilan
sotib olingan haqiqiy tannarxi orasidagi farq 1610-«Materiallaming qiymatlaridagi farqiar» schyotida aks ettiriladi.
1010-1090 schyotlarining kreditida ishlab chiqarish va xo'jalik maqsadlari uchun sarflangan materiallaming tekinga berilishi, sotilishi natijasida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Materiallaming analitik hisobi ulaming saqlanish joylari va turlari, navlari, miqdorlari bo'yicha alohida yuritiladi.
1000-«MateriaUar» schyotlari bo'yicha schyotlar aloqasi quyidagicha boiadi.

t/r

Muomalalar mazmuni

Schyotlar aloqasi

D

К

1

Mol yetkazib beruvchilardan materiallar, yoqilg'i sotib olindi va schyotlari akseptlandi

1010
1030

6010

2

Mol yetkazib beruvchilardan olingan materiallar uchun QQS hisoblandi

4410

6010

3

Asosiy vositalar tugatilishidan olingan materiallar kirim qilindi

1090

9210

4

Ta’sischilardan ta’sis baholari sifatida materiallar kirim qilindi

1010

4610

5

Boshqa shaxslardan materiallar tekinga olindi va kirim qilindi

1060

8530

6

Yaroqsiz mahsulotdan olingan chiqindilar kirim qilindi

1090

2610

7

Boshqa shaxslarga materiallar tekinga berildi

9220

1010

8

Tabiiy ofat natijasida yo‘qotilgan materiallar hisobdan chiqarildi

9720

9220

9

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan material va yoqil­g'i kamomadi moddiy javobgar shaxslar hisobiga yozildi

5910
4730

1010
5910

10

Materiallaming aniqlangan kamomadi bo'yich mol yetkazib beruvchilarga da’vo bildirildi

4860

6010







    1. QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBGA OLISH

Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ulaming qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo'shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan birgalikda to'laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan QQSni byudjetga to'laydi.
Qo‘shilgan qiymat solig'i (QQS) tovarlami sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo'yishning bir shaklidir. QQS 20 foizlik stavkada undiriladi.
QQS ikki xil usulda hisoblanadi:

  1. Qo'shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

V = STob*SS/100; (1)
Bunda: S^ - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
STob - soliqqa tortiladigan aylanma;
SS — qo'shilgan qiymat solig‘i stavkasi.

  1. Tovar (ish, xizmat)lar qo'shilgan qiymat solig'ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo'yicha sotilganida soliq quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

Sqqs = Tq*SS/(SS+100); (2)
bunda: Tq — qo'shilgan qiymat solig'i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Masalan, «Imkoniyat» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan 200000 so'mlik material sotib oldi. Uning QQS summasi quyidagicha bo'ladi:

  1. holat bo'yicha:

QQS summasi=(200000*20%)/100%=40000 so'm.

  1. holat bo'yicha:

QQS summasi=(200000*20%)/(100%+20%)=33333,(33) so'm.
Moddiy boyliklami xarid qilish bo'yicha to'lanadigan QQSni buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo'yicha bo'nak to'lovlar» schyotidan foydalanish ko'zda tutilgan.
Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan QQS summasi 4410-«Soliq bo'yicha bo'nak to'lovlar» schyotidan 6410-«Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar» schyotiga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o'tkaziladi.
Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so'mlik material qabul qilib oldi. QQS - 20000 so‘m. Jami - 120000 so‘m. Ushbu muoma- laga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

  • Sotib olingan material qiymatiga - 100000 so‘m:

D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» - 100000 so‘m.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 100000 so‘m.

  • Hisoblangan QQS summasiga - 20000 so‘m:

D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» - 20000 so‘m.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar» - 20000 so‘m.
Mol yetkazib beruvchiga pul o'tkazib berilganida:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 120000 so‘m.
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 120000 so‘m.
Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so‘mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, QQS 9000 so‘mga teng:
(45000*20%)/100%=9000 so‘m.
Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo'yicha qarzlar» - 9000 so‘m.
K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo'nak to'lovlar» - 9000 so‘m.

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin