4-MAVZU:AXBOROTNI JAMIYATDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI.
Reja:
1. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun mohiyati.
2. Xabar ma`lumot bitm va shartnomalar.
3.Axborot oqimi va axborot madaniyatining shakllanish tendensiyalari.
4.Media qadriyatlar.
Media manbalaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan olingan axborotdan mos ravishda
foydalanish insonning kasb nuqtai nazaridan axborot ehtiyojlarini tahlil qilishi, shuningdek,
axborotni izlashi va uni baholashiga bog’liq. «Axborot» atamasi ko’plab tavsifga ega. U
ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar,
tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal
yoki belgilarni anglatishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, axborot – bu to’plangan,
qayta
ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo’lgan ko’rinishda taqdim etiladigan
ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi - «tushunishga oson shaklda berilgan
bilimlar»dir. Lotin tilida “informatio” – tushuntirish, bayon qilish demakdir. O’tmishda mazkur
tushuncha ortida odamlar tomonidan bir biriga og’zaki, yozma va
boshqa usulda beriladigan
ma’lumotlar tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning
asoschisi
Norbert Vinerning yozishicha, “axborot – bu biz unga va uning bizning
hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”. Boshqa
tomondan, “axborot” istilohi shuningdek “axborot berish”, axborotni uzatish va uni tarqatish
ma’nosida ham qo’llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, axborot deb oldindan
ma’lum bo’lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki ma’lumotlar tushuniladi. Nima bo’lgan
taqdirda ham axborot muhim unsur bo’lib,
usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham
tasavvur qilib bo’lmaydi. Masala, uning sifati, mazmuni, ohangi va yo’naltirilganligidadir. Shu
bois axborot chegaralangan, qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo’lishi mumkin.
Inson va jamiyat doimiy ravishda ma’lum bir axborot muhitida bo’ladi. Buni xattoki
“axborotning yo’qligi ham, baribir axborot” degan ibora tasdiqlaydi.
Axborotdan mahrum
bo’lish, dezinformatsiya har qanday jarayonni turg’unlashuvga, shaxs va jamiyatni esa
degradatsiya holatiga olib keladi. Sotsiologlarning ta’kidlashicha, axborot qanchalik ko’p
to’plansa, jamiyat shuncha tez rivojlanar ekan. Albatta, bu fikr to’g’ri, ammo u izoh talab etadi.
Bu yerda axborot mazmuni aniqlashtirilmaganligi bois, uning “mohiyati” - siyosiy, mafkuraviy,
iqtisodiy va h.k. bo’lishi mumkin. Totalitar tuzum (o’tmishda militarizmga g’arq bo’lgan
Yaponiya, fashizm o’chog’iga aylangan Italiya va Germaniya, “temir parda” egasi bo’lgan SSSR
va b.)larga “ongni tozalaydigan”, unga saralab olingan qadriyatlarni shafqatsizlarcha
singdiradigan axborot xos bo’lib, buning natijasida insonlar manqurtlik va zombilashtirish
qurboniga aylangan. Demokratiya sari taraqqiyotga yuz tutgan mamlakatlarga esa fuqarolarning
turfa manfaatlarini qondirishga yo’naltirilgan keng miqyosdagi va mazmundagi axborot xosdir.
Axborot hokimiyat demakdir. Axborotga egalik holatga egalik qilish demakdir. SHuning uchun
ham qadimdan u qabila yetakchilari va kohinlar, shamanlar va siyosiy elita quroli bo’lib kelgan.
Omma esa hokimiyat vakillari qo’lida to’plangan mazkur bilimlarning juda ham oz hajmiga ega
bo’lgan. Faqatgina xalqlarning ma’rifatga va demokratiya sari intilishlari natijasida yuqoridagilar
axborotga bo’lgan monopoliyadan chekinishga majbur bo’ldi.
Ammo hozirgi kungacha ham
axborot erkinligi ajralmas qismi bo’lgan fuqarolik erkinliklari va ularga davlat hokimiyatining
munosabati o’z dolzarbligini yo’qotganicha yo’q. Zero, ochiq jamiyatlarda ham fuqaro
erkinliklari, ularning fikr va axborot erkinliklarini chegaralash holatlari kuzatilmoqda. Demak,