4-mavzu: axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun mohiyati. Xabar ma`lumot bitm va shartnomalar



Yüklə 252,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix15.06.2023
ölçüsü252,31 Kb.
#130799
1   2   3   4   5   6
4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax

Axborotga bo’lgan ehtiyoj – aynan ma’lum bir ijtimoiy rol va vazifalarni bajarish uchun 
lozim bo’lgan axborotni olishga bo’lgan ehtiyojdir. Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki bu 
maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o’z qidiruv ishini ma’lum bir 
natijaga qaratadi. Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir fuqaroni narx-navoning o’sishi 
qiziqtiradi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma’lumotni 
o’rganadi. Tadbirkor va moliyachini birinchi navbatda birjadagi narx kotirovkasi qiziqtiradi.
Insonga u yoki bu axborot kanaliga murojaat qilish maqsadi tushunarli. Tanlov xabarning 
to’laligi, manbaning ishonchliligi yoki qiziqarligi va h.k. asosida qilinadi. Ammo bu yerda ham 
manbaning ishonchligini chuqur o’rganish lozim. Masalan, o’zini adabiy tanqidchi deb 
tanishtirgan shaxsning yangi adabiyot bo’yicha tavsiyalari avvalo muayyan maqsadda berilgan 
bo’lishi mumkin. Demak, axborotni saralash asosida uning iste’molchiga xatto, o’zi 
tushunmagan holatda ham qadrliligi yotadi. Axborot manbasini baholashda avvalo inson undan 
axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlash zarur. Mazkur jarayon ishonchli axborot 
manbalarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, quyidagi savollarga javob topishga harakat 
qilish joiz: ushbu holatda qaysi manba axborot olish uchun eng ishonchlidir? Qaysi manbalar 
haqqoniy, xolis bo’la oladi? 
Axborot manbalari. Axborot manbasi, odatda, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ( ya’ni, 
keng ommaga qiziq va kerak bo’lgan) axborotga ega bo’lgan shaxs yoki tashuvchidir. 
Jurnalistikada axborot manbalari an’anaviy (rasmiy manbalar, ya’ni hujjatlar, OAV materiallari, 
hukumat qarorlari, hayotning o’zi va h.k) va noan’anaviy (“ishonch telefonlari”, ijtimoiy 
sog’lomlashtirish markazlari, axlatxonalar, makulatura, ikkilamchi xomashyo, shisha qabul 
qilish, mashina yuvish va yonilg’i quyish shahobchalari, bozorlar va h.k.) ga ajratiladi. Kontent 
(mazmun, tartib, shakl) sifatiga ko’ra manbalar uch toifaga bo’linadi. Birlamchi manbalar – bu 


original manbalar bo’lib, ular axborotni izohlamaydi. Bu tadqiqot hisobotlari, prays-varaqlar, 
nutq matnlari, elektron xabarlar, original san’at asarlari, qo’lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, 
shaxsiy maktublar, og’zaki hikoya/intervyu yoki diplomatik hujjatlar bo’lishi mumkin. Aksariyat 
holatlarda va muayyan vaziyatlarda imkon qadar birlamchi axborot manbalaridan foydalanish 
tavsiya etiladi. Ikkilamchi manbalar sifatida axborotni yetkazib beruvchilar maydonga chiqadi. 
Bu holatda axborot o’zgarishi, tahlil qilinishi yoki umumlashtirilishi mumkin (masalan, ilmiy 
kitoblar, jurnallar, tanqidiy tahlil yoki ma’lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan 
birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga nisbatan har doim ham o’zida nufuzli yoki xolis 
axborotni mujassam etmaydi. Axborotni sub’ektiv baholash holatlarini tekshirilgan ikkilamchi 
manbalardan foydalanib bartaraf etish mumkin. Ikkilamchi manba muayyan soha yoki muayyan 
vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin. Uchlamchi manbalar – bu tashkil etilgan va 
o’zida birlamchi hamda ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o’zida mujassamlagan 
(masalan, referatlar, bibliografiya, turli qo’llanmalar, ensiklopediyalar, ko’rsatkichlar, 
xronologik jadvallar, ma’lumotlar bazasi va h.k.) manbalardir. 

Yüklə 252,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin