O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə39/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
BUXG KITOBLARI

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi

Guruhlanish turi

Xarajat turlari

Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy o‘miga qarab

Asosiy va doimiy

Tarkibiga qarab

Kompleks va bir elementli

Tannarxga o'tkazish usuliga qarab

To‘g‘ri va egri

Ishlab chiqarish hajmiga qarab

O'zgaruvchan va o‘zgarmas

Yuzaga kelishiga qarab

Doimiy va bir vaqtli

Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab

Ishlab chiqarish va tijorat

Samaradorlikka qarab

Samarali va samarasiz




Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:



  1. Asosiy xarajatlar.

  2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlar.

Asosiy xarajatlarga mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar kiradi. Masalan: texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan xomashyo, material, yordamchi material, yoqi!g‘i, elektr quvvati, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilaming asosiy va qo'shimcha ish haqi hamda ijtimoiy sug‘urtaga qilinadigan ajratmalar va boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda unga xizmat qilish bilan bog'liq xarajatlarga umumiy ahamiyatdagi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kiradi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda tannarxga o'tkazish nuqtayi nazaridan xarajatlar bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri) xarajat- larga bo'linadi.
Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ri o'tkaziladigan xarajatlarga aytiladi.
Masalan: texnologik mahsulotlar uchun sarflangan xomashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bo'lgan ishchilaming asosiy mehnat haqi va boshqalar.
Bilvosita xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig'ib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyatsiya qilishda mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko'rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan qo'shiladigan xarajatlarga aytiladi.
Mahsulot hajmiga bog'liqliklar nuqtayi nazaridan xarajatlar 0‘zgaruvchan va shartli doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlarga bo‘linadi. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra o'zgaruvchan xarajatlar asosiy xarajatlarga shartli-doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar esa ishlab chiqarishni tashkil qilish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlarga tenglashtiriladi.
Xarajatlar tarkibi 0‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmatjlami ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab qo‘yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo'linib hisobga olinishi belgilangan:

  1. mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;

  2. mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.










Asosiy faoliyatga doir xarajatlar

KORXONA XARAJATLAM


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin