GRANTLAR VA SUBSIDIYALAR (KAPITAL)NING HAMDA KELGUSI XARAJATLAR, TO‘LOVLAR ZAXIRAS1NING HISOBGA OLINISHI
Bozor munosabatlarining rivojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy ta'minlashga mablag'lar tarkibi va tuzilishida o‘zgarishlar sodir bo'lishiga olib keladi.
Grantlar davlat tomonidan xalqaro tashkilotlar va jamg‘arm alar, har xil nodavlat tashkilotlar tomonidan tekinga beriladi va korxona faoliyatini moliyalashtirish manbayi sifatida ma’lum dastur va loyihalami bajarish uchun ajratiladi.
Korxonalarga davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlami bajarganda davlat (hukumat) tomonidan pul va moddiy ko‘rinishda tekinga berilgan yordamdir. Subsidiyalaming hisobini yuritish tartibi 10 sonli BXMS «Davlat (hukumat) subsidiyalarini hisobga olish va davlat (hukumat) yordamini tavsiflash» standartida keltirilgan.
Subsidiya va grantlami korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagicha:
Belgilangan shartlaming bajarilishi natijasida qaytarib beril- masligi.
Subsidiya va grantlami jalb qilish yuzasidan sarflami talab qilmaydi, shuning uchun korxonaning daromadi hisoblanmaydi.
Grantlar va subsidiyalaming analitik hisobi har bir subsidiya va grant bo‘yicha hamda ulaming manbalari bo‘yicha yuritiladi. Bulami quyida keltirib o'tilgan muomalalardan ko‘rishimiz mumkin: