1 9
qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi
ariza voqea-hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida be-
rilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon
sug‘urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat,
Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining roziligi
talab etiladi.
Avariya komissari — sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega
bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki yuk
bo‘yicha ko‘rilgan zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa
ro‘y berganlik sabablarini o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi avariya
komissarini chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham tayinlashi
mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon va teleks
raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug‘urta po-
lisida ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi ro‘y bergan
zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari
mol-mulkning zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug‘urta
kompaniyasining topshirig‘iga muvofiq ko‘rilgan zararni qisman
qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to‘g‘risida
sug‘urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga
yozma axborot tayyorlaydi.
Avariya sertifikati — mol-mulk sug‘urta
hodisasi tufayli
zararlanganda, ko‘rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi
hujjat. Avariya sertifikati avariya komissari (adjaster) tomonidan
tuziladi va tegishli vositachilik haqi hisobiga sug‘urtalanuvchiga
taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug‘urtalanuvchining sug‘urta qop-
lamasini olish to‘g‘risidagi arizasiga ilova qilinadi, bu qoplamani
to‘lashda sug‘urta kompaniyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adjaster — sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan
sug‘urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda
sug‘urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy
yoki yuridik shaxs. U sug‘urtalanuvchi bilan unga to‘lanadigan
sug‘urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster
sug‘urta hodisasining ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil
etadi. Ushbu tahlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga
ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini
bajaradi. Adjaster vazifasini sug‘urta kompaniyasining tarkibiy
bo‘limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin.
Aktuariy — lotin tilidan tarjima
qilganda hisobchi degan
ma’noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib
2 0
olgan sug‘urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta
tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq
muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta
zaxiralarini
shakllantirish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan
shug‘ullanadi. Hozirgi paytda Angliyada aktuariylar instituti
faoliyat ko‘rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud.
Dostları ilə paylaş: