6 7
sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi 2000-
yilda 1999-yilga nisbatan 74,0 foizdan ko‘proq miqdorda ortgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2001-yilning yakuniga ko‘ra, 16,2 mlrd so‘mni tashkil
etganligi yoki 1999-yilga nisbatan 3,4 baravar o‘sganligi, 2002-yilda
oldingi yilga nisbatan o‘sish 33,1 foizni tashkil etganligi, 2003-yilda
oldingi yilga nisbatan 21,3 foizga ortganligi yoki 26,3 mlrd so‘m
darajasida bo‘lganligi, 2004-yilda esa 32,9 mlrd so‘m darajasida
bo‘lganligi yoki oldingi yilga nisbatan 25,1 foizga ortganligi aniqlan-
di. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, keltirilgan yillarda sug‘urta tashkilotlari
tomonidan sug‘urta mukofotlarini yig‘ish hajmining o‘sishi barqarorlik
xususiyatiga egadir.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan 1999—2003-yillar bo‘yicha
jamlangan jami sug‘urta mukofotlarining (5-diagramma) o‘rtacha
65 foizidan ko‘prog‘i asosan ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi hisobiga
to‘g‘ri kelgan, ya’ni ularning sug‘urta portfeli asosan ixtiyoriy
mol-mulk sug‘urtasi hisobiga shakllantirilgan.
5-diagramma
Sug‘urta mukofotlari tushumi ulushining o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonda
sug‘urta faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%)
1999—2004-yy.
0
10
20
30
40
50
60
70
1999
2000
2001
2002
2003
2004
Yillar
Sug‘urta tarmoqlari
1999
2000
2001
2002
2003
2004
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
9,3 8,8 6,9 7,4 5,6
5,0
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
51,8
60,2
66,3
72,3
77,7
79,8
Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi
2,8
2,4
5,0
4,4
4,5
4,6
Majburiy sug‘urta
36,1
28,6
21,8
15,9
12,2
10,6
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
6 8
Keltirilgan yillarda sug‘urta mukofotlari tushumining o‘sish
ko‘rsatkichlarida ham ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasining ulushi
ortgan. Bu ko‘rsatkichning 1999-yilda umumiy mukofot
tushumidagi ulushi 51,8 foiz darajasida bo‘lganligi, shuningdek,
1999-yilga nisbatan 2000—2003-yillarda uning o‘sishi, mos
ravishda, 16,0; 28,0; 40,0; 50,0 foizlarni tashkil etganligi hamda
barqaror o‘sganligi kuzatildi.
Sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha bunday ko‘rsatkich
ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi hamda sug‘urtaning boshqa turla-
rida sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasida ancha
tafovut mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, mamlakatimizda turli
mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot ravnaqi, bir tomondan,
jismoniy shaxslar mol-mulklarini ixtiyoriy sug‘urtalashning ko‘lami
ortishi, ikkinchi tomondan, yuridik shaxslar uchun sug‘urta
tashkilotlari tomonidan sug‘urta xizmatining yangi turlari taklif
etilishi hisobiga ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasining istiqbolli im-
koniyatlarini namoyon etadi.
O‘zbekistonda ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi ham rivojlanib
bormoqda. Mazkur sug‘urtaning keltirilgan yillar davomida umumiy
mukofotlar tushumidagi ulushi ortib borishi uni rivojlantirishning
katta imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Shu o‘rinda, ayrim kasbiy
(vrachlar, sudyalar, notariuslar va boshqalar) javobgarlik sug‘urtasini
amaliyotga joriy etish samarali ekanligini qayd etish mumkin.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha shuni qayd etish mumkin-
ki, uning mazkur yillarda 1999-yilga nisbatan salmog‘i kamayishi
kuzatildi. Shuningdek, keltirilgan yillar davomida majburiy
sug‘urta bo‘yicha ham mukofot tushumlari summasi kamayib
borayotganligi ko‘zga tashlandi. Bu holat mamlakatimizda sug‘urta
munosabatlarining erkinlashuvi jarayonida ustuvorlik ixtiyoriy
sug‘urtani rivojlantirishga qaratilganligi bilan izohlanadi.
Sug‘urtaning mohiyatidan kelib chiqib, shuni ta’kidlash
lozimki, qoplama to‘lovlari sug‘urta hodisalari yuz bergan hollarda
sug‘urta mukofotlaridan shakllantirilgan fond hisobidan to‘lanadi.
Keyingi yillarda sug‘urtachilarning sug‘urta portfeli asosan zararli
natijalarga olib kelmaganligini ta’kidlash o‘rinlidir.
Sug‘urta qoplamasi to‘lovlari barcha sug‘urta turlari bo‘yicha
keltirilgan yillarda mos ravishda 1,3; 2,7; 3,3; 2,4; 2,3 mlrd so‘mni
tashkil etgan. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining rivojlanishi
tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, keltirilgan yillar davomida umumiy
6 9
qoplama hajmida (6-diagramma) majburiy sug‘urta bo‘yicha
to‘lovlar o‘rtacha 30,9 foizdan ortig‘roq darajada bo‘lgan. 2003—
2004-yillar ko‘rsatkichlarida ham uning salmoqli o‘rni saqlanib
qolinganligini ta’kidlash mumkin. Shuningdek, 1999—2004-yil-
larda mamlakatimizda ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha eng
katta hajmdagi qoplama to‘lovlari amalga oshirilgan.
O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlari qaror topayotgan
sharoitda ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta qoplamalari
to‘lovlarining salmog‘i o‘rtacha 54,8 foizni tashkil etganligini
ta’kidlash lozim. Xususan, 2000—2004-yillarda jami sug‘urta
qoplamasi to‘lovlari hajmida ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
bo‘yicha amalga oshirilgan qoplamalar o‘rtacha 58,0 foizni tashkil
etganligi tahlil davomida aniqlandi.
6-diagramma
Dostları ilə paylaş: