O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘G‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida



Yüklə 14,8 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü14,8 Kb.
#129611
2013 DAK


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
QARORI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARIDA YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2011-1]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 6-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2011, 2009-yil 6-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 443-modda) bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-noyabr,
49/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-noyabr,
30-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2013-yil 18-noyabrdagi 49/QQ va 30-sonli qaroriga
ILOVA
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining (vazirlik yoki idoralar tasarrufidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun shu vazirlik yoki idora rahbarining), DAK a’zolari esa, ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.”.
2. 28-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
3. 29 va 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasining belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan o‘tmagan 3-bosqich o‘quvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat ko‘rsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega.
30. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani topshirmagan o‘quvchilar 3-bosqichda qayta o‘qish uchun ariza berishlari mumkin.
3-bosqichda qayta o‘qish uchun ariza bermagan o‘quvchiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasining to‘liq kursini tamomlaganligi to‘g‘risida akademik ma’lumotnoma beriladi. Mazkur ma’lumotnomada semestr kesimida o‘quv rejasida belgilangan fanlarga mos o‘quv yuklamasi miqdori (soatda), o‘quvchining fanlar va amaliyotlardan to‘plagan reyting ballari, yakuniy attestatsiya sinovlari natijalari, o‘quvchilar safidan chetlashtirish sababi (buyruq raqami va sanasi), shuningdek ma’lumotnomaning qayd etilgan raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilishi hamda u ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim.”.
4. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 15-noyabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. HAITOV
2013-yil 15-noyabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
2013-yil 15-noyabr
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. TEShAYEV
2013-yil 15-noyabr
O‘zbekiston Badiiy akademiya raisi A. NURIDINOV
2013-yil 15-noyabr
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 15-noyabr
O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK raisi A. RAMATOV
2013-yil 15-noyabr
Yüklə 14,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin