O‘rta maxsus proffesonal ta’limning o‘quv dasturi


O‘quv dasturiga qo‘yilgan umumiy talablar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə81/111
tarix18.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#76191
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111
5.55.01.01 Telekommunikatsiya texnologiyalari

1. O‘quv dasturiga qo‘yilgan umumiy talablar


O‘quv dasturining nomi

Optik aloqa tizimlari

Ajratilgan soat

100

mavzular soni

16

Fanning maqsad va
vazifalari

Fanning maqsadi optik aloqa liniyasini diagnostika qilish, montaj qilish va ekspluatatsiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, optik tizim va aloqa tarmoqlari, optik tolali aloqa liniyasi konstruktsiyasi va xarakteristikasi, to‘lqinli multipleksorlash printsipi bo‘yicha bilimlarni egallash.
Fanning vazifasi optik yo‘naltiruvchi muhit va optik tolali aloqa liniyalari passiv komponentlari, zamonaviy optik aloqa, optik aloqa tarmoqlari va uzatish tizimlarini qurish printsipi, optik tola turi va asosiy xarakteristikalari, optik aloqa kabellari konstruktsiyasi, xarakteristikasi va markalanishi, optik tolali aloqa liniyasi passiv komponentlari, ajraluvchi va ajralmaydigan ulagichlar, optik krosslar, kommutatsiya paneli, izolyatorlar, kommutatorlar, multipleksorlar, demultipleksorlar, texnik ekspluatatsiya asoslari, optik tolali aloqa liniyasi montaji yotqizilishi kabilarni o ‘rganish hisoblanadi.

O‘zlashtirish natijalari

-turli muhitda nurni tarqalish xususiyatlari;
- nurni xossasi va xususiyatlari;
-optik diapozon to‘lqin uzunligi;
-optik tola tayyorlash usullari;
-optik tola turlari;
-optik kabellar klassifikatsiyasi;
-optik tolali kabellar konstruktsiyasi va xarakteristikasi;
-optik konnektorlar klassifikatsiyasi;
-fotodiod, svetodiod va lazerli diodlar konstruktsiyasi va vazifasi;
-optik muftalar klassifikatsiyasi;
-o‘lchov asboblari turlari;
-optik kabellarni yotqizish usullari;
-optik qurilmalarni o‘rnatish usullari.

Bilim:

-optik aloqa, uning afzalliklari va kamchiliklari;
-nur o‘tkazuvchilar, ularning turlari va konstruktsiyasi;
-optik aloqa komponentlari;
-optik muftalar;
-optik kabelar konstruktsiyasi, turlari va yotqizish usullari; -o‘lchash usullari va turlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi lozim

Ko‘nikma:

-optik tola tayyorlash materialini aniqlash;
-optik tola markasi va ishlab chiqarish firmasini aniqlash;
-optik tolali kabelni ajratish;
-optik mufta turini aniqlash;
-optik tolani ulash va uzaytirish;
-tola ulangan qismlarga gilza kiydirish;
-optik tester yordamida optik toladagi so‘nishni aniqlash;
-optik kross montajini bajarish;
-splitterni o‘rnatish;
-optik quvvat byudjetini hisoblash


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin