O‘quv rejasidagi tartib raqami: 2.08
Soatlar soni: 80
Toshkent – 2021
Ishlab chiqildilar: Safarov X.E. Toshkent axborot texnologiyalar texnikumining "Telekommunikatsiya va tabiy
fanlar" kafedrasi o ‘qituvchisi
Taqrizchi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, texnika fanlari doktori, Mobil aloqa texnologiyalari kafedrasi professori Pisetskiy Yu.V.
1. O‘quv dasturiga qo‘yilgan umumiy talablar
O‘quv dasturining nomi
Raqamli texnika asoslari
Ajratilgan soat
80
mavzular soni
24
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning vazifasi - talabalarga raqamli qurilmalarining elementlarini, ularning vazifalarini, qo‘llanish joylarini, ishlatish qonun-qoidalarini, o‘rgatishdir qurilmalar elementlarini ishlashi va vazifalarini nazariy bilimlar asosida o‘rgatish, ularda hosil bo‘layotgan fizik jarayonlar to‘g‘risida tushincha berish va ko‘nikmani xosil qilish. Raqamli texnika turlari, ularning vazifalari, mikrosxemalar, mantiqiy elementlar, protsessor va mikroprosessor qurilmalari haqida tushuncha berish, bilim va ko‘nikmalarni egallashga erishishdir.
O‘zlashtirish natijalari
Raqamli texnika turlari, ularning vazifalari, mikrosxemalar, mantiqiy elementlar, protsessor va mikroprosessor qurilmalari haqida bilishi kerak.
Bilim
fanning vazifasi, mohiyati va ahamiyati;
raqamli qurilmalar va ularning ishlash prinsipi;
-raqamli texnika haqida tasavvurga ega bo‘lishi; zarur.
sanoq tizimi;
mantiq algebra qonunlari;
-Karno xaritasini qo‘llash va minimallashtirishni amalga oshirish tamoyillari;
mantiqiy sxemalarni qurish, sintez qilish va tahlil qilish tamoyillari; -kombinatsion va ketma-ket raqamli qurilmalarni qurish va ishlash tamoyillari
Ko‘nikma:
raqamli texnika va mikroprosessor tizimlarining principial sxemalarini o‘qish;
raqamli qurilmalarni nazorat qilish va diagnostikasi;
raqamli texnika vositalari bilan ishlay olish;
simulyatsiya dasturidan foydalanish;
-mantiq algebra qonunlari yordamida mantiqiy ifodalarni soddalashtirish;
-raqamlarni bir raqamli tizimdan ikkinchisiga aylantirishni amalga oshirish;
Karno xaritasi yordamida mantiqiy ifodani minimallashtirishni amalga oshirish;
turli xil raqamli qurilmalar sxemalarini yaratish;
mantiqiy sxemalarni sintez qilish va tahlil qilish