O'rta Osiyoda antik davr memorchiligi


Yunon-Baqtriya shaharlari



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə4/4
tarix19.05.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#116709
1   2   3   4
O\'rta Osiyoda antik davr memorchiligi

Yunon-Baqtriya shaharlari. O‘tgan asrning o‘rtalarida ayrim tadqiqotchilar Baqtriyada ilk shaharlarga aynan Aleksandr Makedonskiy asos solgan, degan fikrni ilgari surgan edilar. Aleksandr Makedonskiy mil. avv. 330-327 yillarda Baqtriya va Sug‘diyonani bosib olganda nimalarga duch kelgan edi, degan savolga javob topish yuqoridagi fikrni inkor etishga asos bo‘ldi.
Qadimgi mualliflar Baqtriyaning poytaxti Baqtra-Zariaspani bir necha marta tilga olganlar. Baqtra Mozori Sharif shahridan 21 km g‘arbda, daryo (Baqtr, Zariaspa) bo‘yidagi vohada joylashgan. Franso‘z arxeologlari bu yerdagi Bolo Xisor tepaliklaridan devorlar bilan o‘ralgan, minoralar ko‘tarilgan, xandaqlar qazilib, suv bilan to‘ldirilgan aylanasimon qal’ani topdilar. Shaharning bir qismi shahar devorlaridan tashqarida, Bolo Xisorning janubi-sharqida, Tepai Zargaronda joylashgan. Umumiy maydoni 120-150 metr bo‘lgan bu shaharning oldingi davr qatlamlaridagi yer osti sizot suvlari Ahamoniylar va Salavkiylar davridagi hayotning madaniy darajasini to‘liq o‘rganish imkonini bermadi.
Shahar markazidan atrofga tarqalgan ko‘chalar devor tashqarisida magistral yo‘llarga: shimoli-g‘arbda Kalif, sharqda Mozori Sharif, janubi-g‘arbda Oqsu, janubda Hoji Piyad yo‘llariga tutashgan. O‘rta yer dengizidagi yirik Efes portidan Balxga tomon Ahamoniy podsholarining xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lgan yo‘li cho‘zilib ketgan. O‘z davrining madaniy va iqtisodiy markazi, savdo yo‘llari kesishgan joyda joylashganligi sababli antik davr mualliflari Baqtrani «eng katta shahar» deb ataganlar.
Bu davrdagi yirik shaharlardan yana biri Maroqanda (Samarqand) bo‘lib bu yerdagi mustahkam qal’aga Ahamoniylar davridan (Afrosiyob) oldinroq asos solingan. Ahamoniylar va ellin davrida Afrosiyob mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab olinadi. Bu devorlar Aleksandr Makedonskiy qamaliga ham dosh bergan edi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra Afrosiyobning umumiy maydoni 219 gektar bo‘lib, Kursiy Ruf Maroqandaning mudofaa devorlari o‘zunligini 70 stadiy (taxm. 12 km.) deb ma’lumot beradi. Bu O‘rta yer dengizi va Qora dengiz qirg‘oqlaridagi oddiy yunon shaharlarining o‘rtacha kattaligidan ikki-to‘rt baravar kattadir. Mustahkam qal’aga ega va mudofaa devorlari bilan o‘ralgan shahar hududlaridagi mil. avv. IV-III asrlarga oid madaniy qatlamlardan ko‘plab topilmalar, jumladan, ellin sopol idishlari topib o‘rganilgan.
Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin