O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


O‘rta Osiyoda o`rta asrlarda me'morchilikning rivojlanishi tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

O‘rta Osiyoda o`rta asrlarda me'morchilikning rivojlanishi tarixi. 
VIII- 
IX asrlarda, ayniqsa, Buxoro me'rnorchiligida badiiy uslub rivoj topgan. 
XII - XIII asrlarda yirik shaharlarda shisha ishlash rivojlangan, sopolga 
sir berish usuli ixtiro qilingan. Afrosiyob sopol idishlarida naqsh, gul va 
baliq, qush kabi jonivorlarning tasvirlari ishlangan, ular har xil ranglarda 
sirlangan. Binokorlikda an'anaviy ganch, yog'och o'ymakorligi bilan bir 
qatorda g'isht qalab naqsh hosil qilish san'ati ham rivojlangan. XII asrda 
me'morchilikda o'yma terrakotadan, sirli g'ishtdan foydalanilgan, 
monumental binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qop lanib 
bezatilgan, bino intererlari ganch o'ymakorligi, bo'yama naqshlar bilan 
ham jozibadorlashtirilgan, (masalan, Termizshohlar saroyi ana shunday 
ishlangan).
 
VIII-X asrlardan girih san'ati yuksalgan, arab yozuvi bezak-naqsh 
darajasiga ko'tarilgan. X asrdan kufiy, XI - XII asrlardan nasx yozuvi 
me'morchilikda ko‘p ishlatila boshlagan. IX-XI asrlarda Termizda 
Qirqqiz saroyi, Navoiyda Mirsaid Bahrom maqbarasi, Sulton Saodat 


ansambli, Malik karvon saroyining saqlangan qismlari me'morchilikning 
yuksak 
darajaga 
ko'tarilganini, 
inshootlar 
badiiy 
hunarmandlar 
tomonidan jozibador bezatilganligini ko'rsatadi. Ilk o'rta asrlarda 
saroylar shahar qal'asidan tashqarida qurilgan bo'lsa, X asrdan boshlab 
saroylar shahar tarkibida barpo etilgan. Masalan, Buxoroda qal'a oldida, 
Urganchda 
shaharning 
bosh 
maydonida, 
Samarqandda 
registon 
maydonida). Saroy me'rnorchiligida yog'och konstruksiyalardan ko'p 
foydalanilgan. XI-XII asrlarda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz va 
boshqa yirik shaharlar hunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat 
qozongan. 
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli 
ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin