Oʻrta osiyoda yer-suv islohoti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134400
1   2   3   4
Презентация1

Mazkur bosqichda ham davlatning butun qudrati "quloqboy unsurlar"ga qarshi kurashga qaratildi. 1925—29 yillardagi islohot jarayonida shakllangan kam quvvatli xoʻjaliklar tortib olingan 474893 desyatina yer fondidan boryoʻgʻi 10%i olindi, xolos.

Oʻrta Osiyo respublikalarida islohot davrida 6763 ta badavlat odamlar qoʻlidagi mulk butunlay musodara qilindi, 37759 ta boyning yerlari keskin kamaytirildi, 415500 desyatina yer 123400 yersiz va kam yerli dehqonlar oʻrtasida taqsimlandi.

Oʻrta Osiyo respublikalarida islohot davrida 6763 ta badavlat odamlar qoʻlidagi mulk butunlay musodara qilindi, 37759 ta boyning yerlari keskin kamaytirildi, 415500 desyatina yer 123400 yersiz va kam yerli dehqonlar oʻrtasida taqsimlandi.

Bu bilan agrar islohot yersuvni tortib olishni tugallab, qishloq xoʻjaligini davlat monopoliyasiga olish uchun moddiy shartsharoitlar yaratdi.

lk o`rta asrlarda dehqon (feodal) munosabatlari va davlatchilik

Dehqonchilikdagi yutuqlar Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang’ (Kanguy) podsholigi va uning janubiy hududida Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu o‘zgarishlar albatta mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlarga olib keldi. Dehqonchilik vohalarida shaharlarning soni ko‘paydi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi. Vohalar bo‘ylab, ayniqsa sersuv azim daryo adoqlarida qator yirik sug’orish tarmoqlari qazilib, sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig’ir va charxparraklar kabi o‘z davri uchun anchagina murakkab suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etildi. Ziroatchilikda g’allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog’dorchilik maydonlari kengaydi. Ekinlarga ishlov berish sohasida orttirilgan ziroatkorlarning ekin maydonlarni sug'orish va ishlov berishdagi asriy tajribalari tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil oladigan bo‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar Bu davrda shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunar-mandchilikning rivoj topishi, ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan shubhasiz, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib shaharlar, tevarak-atrofdagi qishloqlarning hududlari tobora kengayib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida muntazam xomashyo yetkazuvchi sifatida qishloqlarning nufuzi ko‘tarilib, bir tomondan yerga, xususan ziroatkor maydonlarga bo‘lgan munosabat, ayniqsa ularga egalik qilish udumlari asta-sekin o‘zgara boshladi. Ikkinchi tomondan esa, o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin