Mamlakatning dasht va tog’ oldi mintaqalarida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq hayotga o‘tishi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo‘Igan muhtojlik tobora oshib bordi. Natijada qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarib katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida kattagina nufuzga ega bo‘lgan mulkdor va quldor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda urug’ va qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Qo‘riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma'lum bir ulushi o‘sha zamon udumi bo‘yicha, qonuniy ravishda sarkorlar qo‘liga o‘tadi va ularning vorisiy mulkiga aylanadi. El-yurtning ijtimoiy hayotidagi bunday xizmati tufayli omilkor sarkorlarning ziroatkor aholi o‘rtasida obro‘-e'tibori va ta'siri yanada kuchayadi. «Dehqon»lar va ular xo‘jaligidagi hayot Sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to‘g’on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olrb, qishloq aholisi ustidan o‘z tazyiqini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o‘z tazyiq doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Shuning uchun ham ular ilk o‘rta asrlarda «dehqon», ya'ni «qishloq hokimi» nomi bilan shuhrat topadi. Dehqonlar o‘rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi oqibatida, qadimgi mulkdor tabaqa bag’rida dunyoga kelgan va yanada boyib feodallashib borayotgan quldor katta yer egalari edi.

Dehqonlar o‘rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi oqibatida, qadimgi mulkdor tabaqa bag’rida dunyoga kelgan va yanada boyib feodallashib borayotgan quldor katta yer egalari edi. «Dehqon» lar odatda shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomli qo‘rg’onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo‘lardi. Qul, cho‘ri, yetim-yesirlardan iborat Ko‘pdan-ko‘p xizmatkorlar dehqonlarning ulkan patriar-xal xo‘jaligida qishin-yozin, kecha-yu kunduz beorom mashg’ul edi. Bulardan tashqari, har bir katta yer egasining mol-u jonini qo‘riqlab, uni ichki va tashqi yovlardan muhofaza qiladigan 30—40, 50—100 va ba'zan undan ortiq qurollangan harbiy yigitlari bo‘lgan. Ular «chokar» deb atalardi. Chokarlar baquwat va abjir hamda o‘z valine'matiga sadoqatli o‘spirinlardan tanlab olingan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o‘sha davr udumi bo‘yicha, hojasi vafot etgan chokarlar hatto u bilan birga tiriklayin go‘rga ko‘milishi lozim bo‘lgan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qishloqning ozod ziroatkor ahli ustidan o‘z hukmlarini yur-gizishga harakat qilardilar.
Dastlabki dehqon (feodal) munosabatlar Avvalda o‘z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar, keyinchalik turli yo‘llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo‘ldilar. Dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan qishloqning mehnatkash ahli bu davrda «kadivar», ya'ni qishloq qo‘rg’onida yashovchilar nomi bilan yuritilgan. Shunday qilib, mamlakatda ilk o‘rta asrlar mulkchiligi munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo‘lmish dehqonlar bilan bir qatorda o‘z erkidan mahrum bo‘lgan, mutlaqo yersiz va mulksiz kambag’al ziroatchi tabaqa — kadivarlar paydo bo‘ladi. Ular ilk o‘rta asrlarning ijtimoiy hayotida dunyoga kelgan va yerdor dehqonlar tabaqasiga qaram bo‘lgan qishloq jamoasining, yangi mehnatkash, mazlum aholining vakillari edi. Mamlakatda yer-suv mulkchiligining xususiyligi ortib, feodal munosabatlarning mustahkamlanib borishi bilan qishloqning mulksiz va erksiz ziroatchi mazlum ahli — kadivarlarning soni ko‘payib, dehqonchilik xo‘jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylanadi. V asming o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma'lum bir qismi mulkdor dehqonlar va majusiy ruhoniy — kohinlarning qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi.
Ziroatchi jamoalaming oddiy mehnatkash a'zolari «kashovarz», ya'ni yerni haydovchi — yerni omoch bilan ag’daruvchi — «qo‘shchi» deb yuritilardi. Dehqonchilik mahsulotlarining deyarii asosiy qismi mana shu qo‘shchi-kashovarzlarning mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilar edi. Shunday qilib, ilk feodal munosabatlarning tarkib topishi bilan mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Patriarxal qishloq jamoalari ijtimoiy jihatdan tabaqalanib, u yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo‘lgan yersiz va erksiz mazlumdiydalarga ajralib ketdi. Shu bilan birga dehqonchilik vohalaridagi qishloq jamoalari yerlarida yashab kelgan hamda yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar — qo‘shchi-kashovarzlarning ma'lum bir qismi jamoa yerlaridan mahrum bo‘ldi. Ularning yerdor dehqonlarga qaram mazlum — kadivarlarga aylanish jarayoni kuchaydi. Ayrim dehqonchilik vohalarining katta yerlariga ega bo‘lgan dehqonlari o‘z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo‘lib oladilar. Xullas, milodning I ming yilligi o‘rtalarida qadimgi Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir boigan bunday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga boiinib ketishiga sabab boiadi.