Oʼrtа professionаl tа’limning



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə39/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
bolalar adabiyoti

Mavzu: № 4. O’zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarini o’rganish.


Reja:

1.Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqida.


2. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari.
3. Davlat talablarining soha va kichik sohalarini o`rganish.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda 3032 ro’yxat raqamidan o’tkazilgandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish tog’risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan.
MazkurO’zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablariO’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tog’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g’risida”gi nizomni hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash buyicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari O’zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo’llaniladi:

  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo’lgan ” Mehribonlik” uylari

Davlat talablarining vazivalari quyidagilar hisoblanadi:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilash;

  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

Talablar tizimi 5 ta asosy rivojlanish sohasidan iborat, har biri o’z ornida kichik sohalarga bo’lingan. Har bir kichik rivojlanish sohasi bo’yicha kutilayotgan ko’rsatkichlar, yani bola o’z yoshida nimalarni uddalay olishi kerakligi belgilangan.




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin