o‘rta ta’limining Ona tili fanidan 10-11-sinf o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruhi
T/r
Ismi va familiyasi
Ish joyi va lavozimi
1
N. Mahmudov
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, fil, f. doktori, professor
2
A. Sobirov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti professori, fil. f. Doktori
3.
G.Ziyodullayeva
Respublika Ta’lim markazi bosh metodisti
4
Y. Odilov
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimi, fil.f.doktori
5.
B. Lutfullayeva
Jizzax v, Jizzax sh Pedagogika kolleji o’qituvchisi
6
D. Hoshimova
Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 1- umum ta’lim maktabi o’qituvchisi
7
Q. Sultonova
RTM bosh metodisti
Adabiyot fani
O‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) adabiyot fanini o‘qitish bosqichlari
Ta’lim bosqichi
Bitiruvchilar
Standart darajasi
Daraja nomlanishi
O‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
Adabiyot fani o‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bitiruvchilari
В1
Adabiyot fanini o‘rganishning darajasi
O‘rta ta’lim
Adabiyot fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari
В1+
Adabiyot fanini o‘rganishning kuchaytirilgan darajasi
Adabiyot fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari O‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida adabiyot fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.
O‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida adabiyot fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda adabiyot fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.