O‘zini - o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi: B1 shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish;
og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
B1+ o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi: B1 jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish;
tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish, atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish;
B1+ badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan qahramon va personajlar tasviridagi fazilat (halollik, vijdonlilik, jonkuyarlik...) va nuqson (yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik, loqaydlik, dangasalik, qo‘rqoqlik...)larni munosib baholay olish.
Milliy va umummadaniy kompetentsiyalar: B1 badiiy adabiyotda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlikdan nafratlana bilish;
B1+ badiiy asar va ulardan olingan parchalarda aks etgan voqea-hodisa va tuyg‘ular mohiyatini to‘g‘ri tushunish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi: B1 shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish.
B1+ inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
1-mavzu. Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi (1 soat) Badiiy adabiyot inson kamolotida asosiy vosita ekanligi. Insonning eng yaxshi fazilatlar sohibi, mustaqil, erkin shaxs sifatida shakllanishida, o‘z-o‘zini tarbiyalashida adabiyotning ahamiyati.