AXLOQIY IDEAL-
axloq -me’yorlarining yuksak, orzu qilingan darajadagi
tasavvufi, barcha eng yaxshi xislatlarga ega, har tomonlama tarbiyalangan inson
obrazi.
AXLOQIY MADANIYAT
-axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar,
ko‘nikmalar va ularga amal qilinish.
AXLOQIY ME’YORLAR
-jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari, ular urf-
odat, ko‘nikma, marosim qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi, axloqiy qadriyatlar
sifatida qaraladi, ularga amal qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi.
AXLOQIY TARBIYA
-inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga
yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burch-mas’uliyat, sog‘lom
turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo, Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod
mustahkamligi xislatlarining singdirib borilish jarayonidir.
AXLOQIY TAFAKKUR
-axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar
g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy me’yorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy
mushohada qilish jarayoni.
AXLOQIY FAZILATLAR -
inson xulq-atvori, yurish-turishidagi eng yuksak,
ijobiy hatti-harakatlar, o‘y-fikrlar va ezgu amallar majmuasi: ezgulikka intilish,
yaxshilik qilish, izzat-hurmatli bo‘lish, mehnatsevarlik, or-nomusli bo‘lish,
vatanparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik, halollik, pokizalik kabi xislatlarning
namoyon bo‘lishi
AXLOQSIZLIK
-jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlardan chetga
chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘g‘rilik, hasad,
g‘iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy
xislatlarning namoyon bo‘lishi.
ADOLAT
— yuksak ma’naviy tushuncha bo‘lib, uning E. va Yo. hamda Ya. va
Yo. dan asosiy asosiy farqi shundaki, A. ning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi,
lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu
223
bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; A. da ikki ma’naviy jihat –
ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq
sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham dyeyish mumkin: u talab b-n taqdirlashni o‘lchab
turadigan tarozidir. A. bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q. Eng oddiy,
ibtidoiy fazilatlar, m., mehribonlik, shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud,
lekin hayvonlarda ular o‘z guruhiga, eng avvalo, o‘z zurriyotiga qaratilgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |