SALOMLASHISH ODOBI - salomlashish insonning insonga bildirgan
hurmati, odamlarning o‘zaro muomala munosabatlarining boshlanishi, bir–biri bilan
suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab
turgan inson ham alik oladi. Salom berish kundalik hayotimizda eng ko‘p
qo‘llaniladigan udum bo‘lib, xushmuomalalikni talab qiladi. Assalomu-alaykum,
arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak.
"Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik",
"Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
Salomlashish kishilar orasidagi o‘zaro hurmat, muomala munosabatlarining
avval boshi bo‘lgani uchun uning bajarilishida ham alohida qoidalar bor.
Salomlashganda
yoki
xayrlashganda
aytiladigan
“Assalomu
alaykum”
“salomatmisiz”, “omonmisiz”, “yaxshimisiz”, “salomat bo‘ling” dyeyiladi. Bu
so‘zlarda, insonlarning bir–biriga hurmat ehtiromi, xayrixohlik izhori bilan birga
bu so‘zlarda chuqur mazmun va mulohaza bor.
STOL ATROFIDA O‘ZINI TUTA BILISH ETIKETI - stol atrofida o‘zini
tuta bilish etiketi shartli cheklanishlari bilan emas, balki estetik talablar, qulaylik
alomatlari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan urf-odatlardan kelib chiqadi. Rasmiy
tushlik yoki nonushta paytida stol atrofida o‘tira turib tashrifnomalar bilan o‘zaro
almashish mumkin emas. Stol oldida o‘zini tutishning qoidalar shundayki, unda
kichik doirada qat’iy amal qilish unchalik shart bo‘lmagan, lekin ko‘pchilik oldida bu
qoidalarni buzish mumkin emas. Mehmonga aytilgan vaqtga borish lozim. 5-10
daqiqa vaqtliroq borish esa undan yaxshiroq bo‘lardi. Umuman olganda har qanday
joyga kechikib borish odobsizlikdir. Agar oldingizga olib kelingan ovqatni yeyishni
istamasangiz, uni olmasligingiz mumkin, lekin bunga odob qoidasiga amalqilgan
holda javob berish kerak bo‘ladi. Ovqatni, taomlarni taklif yetish kerak, ammo
majburan yegizish yaramaydi.