236
vaqtida foydalaniladigan asboblar pichoq, sanchqi, qoshiq va boshqalardan eng ko‘p
ishlatiladigani pichoq, sanchqi, sho‘rva qoshig‘ti, disert qoshiq va choy qoshig‘idir.
SALFETKA
- salfetka – shak-shubhasiz stol servirovkasidir.
Axir ularsiz
stoldagi ozodalik hamda batartiblikni ushlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yaxshi
dazmollangan, chiroylik taxlangan sochiqlar hatto stolga ziynat qo‘shadi.
Sochiqlarning o‘rashning turli usullar mavjud, lekin biz qo‘limiz
kamroq tegishi
mumkin bo‘lgan va yozilganda g‘ijim ko‘rinish kasb etmagan, oddiy hamda qulay
usulubni ko‘proq tavsiya etamiz. Stolni nonushtaga yoki tushlikka tayorlashda,
odatda salfetkalarni to‘rtga bo‘lib, uchburchak
shaklida yarmidan buklab, so‘ng
ruletga o‘xshab o‘raladi, bu esa unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, tantanali kechki
ovqat yoki tushlikka esa nisbatan murakkabroq taxlashlar – yelkan, qalpoqcha, sham
va b. shakllarda o‘raladi. O‘ralgan sochiqlarni har bir mehmonning gazak uchun
mo‘ljallangan kosasiga qo‘yib chiqiladi. Sochiqlarni qog‘oz salfetkalar bilan
almashtirish mumkin.
RAHBAR
- (f. «yo‘lboshchi – sardor, yetakchi») – jamiyat, davlat, tashkilotga
doimiy va hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lgan shaxs. Rahbar ishning ko‘zini biladigan,
jamoa, soha manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir.
Rahbarlik
aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay
ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi. Rahbar tushunchasining quyidagi jihatlari
ahamiyatlidir:
1.
Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi
kuchlar va ishlab chiqarish
resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi
sifatida omilkorlik b-n ish yurituvchi shaxs.
2.
Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo,
mustaqil qaror qabul
qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini
belgilaydi.
3.
Rahbar o‘z sohasiga yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi
texnologiyalarni joriy
etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi.
4.
Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir.
Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas,
zarar keltirishi,
muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan
ko‘ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta boshlashi,
o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: