233
ega bo‘lingan
taqdirda, ularning malakasiga, egallab turgan lavozimiga hamda ish
stajiga muvofiq, shuningdek malaka unvonlarini va boshqa farqlovchi belgilarini
hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi.
QABUL
- kimdir yoki nimadir uchun nishonlanadigan yig‘ilish
qabul deb
ataladi. Qabul – odamlar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi muloqot shaklidir.
Uning sabablari va sababchilarining darajasiga qarab qabul rasmiy va norasmiy
qabullarga ajratiladi. Chet el vakillari uchun yoki ularning ishtirokida tashkil
qilinadigan qabullar odatda diplomatik qabul deb atashadi. Bu qabullarning turli
usullari mavjud. «Shampan bokali» -
qabuli milliy bayram yuzasidan, delegatsiya
sharafiga, elchining kyetishi va h.k.da uyushtiriladi. Qabulda mehmonlarga shampan
vinosi, qovurilgan yong‘oqlar, shokolad, ba’zida esa mayda pirojniylar tarqatiladi.
«Vino bokali»
qabulida mehmonlarga vino, turli kanape, tartaletkalar, mevalar
tortiladi. «Jurfiks» fransuzchadan olingan aniq vaqt deb
tarjima qilinadigan qabulda
ma’lum bir paytda va kunda qish yoki kuz fasli davomida o‘tkaziladi. «Jurfiks» tipiga
qarab odatda simpozium, konferensiyalar o‘rtasidagi tanaffusda xizmat ko‘rsatiladi.
Mehmonlarga gazaklar, sharbat, suv va issiq ichimliklar tarqatiladi. «Barbekyu»
nomli qabulda esa yoz paytlarida, ochiq havoda (odatda yakshanba kunlari)
o‘tkaziladi. Mehmonlarga aylanma sixda qovurilgan go‘sht,
vino va salqin
ichimliklar tortiladi. Bu qabul odatda 12 – 13 soatlarda o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: