Stolni bezash (servirovka) san’ati
Stolni bezaganda uchtadan ortiq vilka yoki pichoqlarni qo‘yish maqsadga
muvofiq emasligiga e’tiborni jalb qilish lozim (Har bir taomga unga mos holda
alohida anjom qo‘yiladi). Qolgan pichoq, vilka va boshqa kerakli anjomlar zarur
bo‘lganda taom bilan birga beriladi. Vilkalar likopchadan chapda, taomlar tortilishi
tartibida quyiladi. Likopchadan o‘ngda yaxna taomlar uchun pichoq, osh qoshiq,
baliq uchun pichoq va katta osh pichoq qo‘yiladi.
Bokallar quyidagi tartibda o‘ngdan chapga qarab qo‘yiladi: oq vino uchun, qizil
vino uchun va suv uchun bokal.
Stol bezatilganda 3 turdagi idishlar to‘plami ishlatiladi, ya’ni issiq ovqat
to‘plami, choy va dessert (shirinliklar) uchun to‘plamlar.
182
Idishlar to‘plamlari tayyorlangan taomlarga qarab farqlanadi.
Melxiordan ham kumushdan qilinadigan idish-anjomlar tayyorlanadi, ammo u
kumushga qaraganda nisbatan arzon narxda bo‘ladi.
Billurdan grafinlar, ryumka, tuzdon, stakan, likopcha, shakardon, murabbo va
mevalar uchun vazalar tayyorlanadi.
Idishlarning asosiy qismi chinni yoki fayans moddasidan tayyorlanadi. Ulardan
likopcha, chashka, souslar uchun idishlar yasaladi. Fayans chinni kabi nisbatan nozik
bo‘lmaydi.
Har qanday tushlikda odatda asosiy qoidalarga rioya qilinadi. Avvalambor
dasturxondagi likopchalardan uzoqroq joylashgan qoshiq va sanchqilardan
foydalaniladi, so‘ng keyingilariga o‘tiladi. Asosiy taom anjomlari likopchaga yaqin
qo‘yiladi. Sanchqilar likopchaning chap, pichoqlar o‘ng tarafiga joylashtiriladi.
Barcha taomlar doimo dasturxonda avvaldan mehmon oldiga qo‘yiladigan
likopchaning ustigaqo‘yiladi.
Choy va qahvali nonushtada odatda tamaddi uchun mo‘ljallangan likopcha va
asboblar shirinlik yoki qovurma pishiriq uchun maxsus likopcha va pichoq qo‘yiladi.
Issiq ichimlik qo‘yilgan idishga qo‘shimcha tarzda choy qoshiq beriladi.
|