Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.
Go‘sht uchun sanchqi. 
2.
Salatlar uchun komplekt. 
3.
Sous uchun qoshiq. 
4.
Pirojniy va tortlarni olish uchun kurakcha. 
5.
Cho‘mich. 
6.
Likopchalarga taomlarni solish uchun anjomlar. 
Vinolar (sharoblar)ni tortish tartibi 
Faqatgina vinolarni tortish usullarining turli-tumanligini tortiladigan taomlar turi 
va stolni bezash etiketining naqadar boyligi va nozikligini bilish mumkin. 
Vinolar stolga sovutilgan, isitilgan yoki sovuq holda tortiladi. Sovutilgan holda 
shampan vinosi, isitilgan holda burgon yoki lafitlar tortiladi. Qolgan vinolar sovuq 
holda tortiladi. 


186 
Rasmiy qabullarda spirtli ichimliklar klassik sxema bo‘yicha tortiladi. Go‘shtli 
taomlarga – qizil vino, baliqli taomlarga — oq vino. Barcha qizil vinolar uncha sovuq 
bo‘lmagan holda tortiladi, shampan vinosi muz to‘ldirilgan metal vazada tortiladi va 
mehmonlarga quyib berishdan oldingina vazasidan olinadi. 
Inglizlar choyni sevishi hammaga ma’lum. Choy sut va shakar bilan birgaliqda 
tortiladi. Xitoy choyi ham juda sevib ichiladi. 
Xitoyliklarning ovqatlanish etiketi ham murakkab hisoblanadi. Tantanali 
banketlar o‘tkazilgan paytda xitoyliklar maxsus qonun-qoidalarga amal qilgan holda 
mehmonlarii 10-12 kishidan iborat bir stol atrofiga o‘tkazadilar. Taomlar katta 
likopchalarda tortiladi. Stolni bezash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosan bir 
xil ranglar majmuasi tanlanadi (ko‘pincha ko‘k-oq), turli ranglar ishlatilmaydi. 
Taomlar chiroyli kesilgan mahsulotlardan iborat bo‘ladi. 
Tushlik oldidan ko‘k choy ichiladi, keyin maxsus idishlarda yaxna taomlar 
tortiladi. 
Ho‘l mevalar stolga ovqatlanishning boshida tortiladi, ularni qaysi taom 
tortilishidan qat’iy nazar iste’mol qilish mumkin. Baliq butunligicha, boshini eng 
hurmatli mehmonga qaratgan holda stolga tortiladi. Xitoyliklar ovqatlanish 
jarayonining o‘zidan lazzatlanadilar. Piyolada tordiladigan guruchning tepa qismi 
sous bilan aralashtirilib yeyiladi. 
Ovqatlanish yakunida sho‘rva va undan so‘ng yana choy tortiladi. Shu tartibdagi 
ovqatlanish hazm qilish uchun foydali hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin