58
va ziynatlarda me’yorni saqlay olmaydigan odamdan ko‘ra bir oz oddiyroq ko‘ringan
yaxshiroqdir. Ijodkor-modeler doimo sarvqomat, go‘zal va yosh ayollarga mo‘ljallab
liboslar o‘ylab topishini unutmangiz. Bunga isbot tariqasida moda jurnallarining
sahifalarini keltirish mumkin.
Yoshi o‘tgan, to‘lishgan yoki semiz ayolning o‘n sakkiz yoshli qizlarga o‘xshab
kiyinishga harakat qilishidek ayanchli holat yo‘q. Oynaga qarar ekansiz o‘zingizga
nisbatan ob’ektivlilik bilan, o‘zingiz istagan obrazning ilk shaklini talab qilgan holda
baholash joiz. Bunda o‘zini har tomondan
diqqat bilan kuzatib chiqib, tanqidiy
jihatdan yondashishga harakat qilmoq kerak. Qarshingizda turgan «notanish ayol»
sizga yoqayotgan bo‘lsa, demak tayyorsiz. Aks holda,
hammasini boshqatdan
boshlagan ma’qul.
Dostları ilə paylaş: