Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi
Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi.
Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi.
OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 ta: qo‘llanish/ilovalar, taqdim etish, seans, transport, tarmoq, kanal va fizikaviy pog‘onalarga bulinadi.
Har bir pog‘ona tarmoq qurilmalari o‘zaro bog‘lanishining ma'lum bir aspekti bilan ish olib boradi.
Fizikaviy pog‘ona (Physical Layer) fizikaviy kanallar (koaksial kabel, mis kabel, optik-tolali kabel yoki radiomuhit) orqali bitlar ketma-ketligi bilan ish olib boradi.
Ushbu pog‘onaga ma'lumotlar uzatish fizikaviy muhit-larining, misol uchun, o‘tqazish polosasi, shovqindan himoya, so‘nish kabi tavsiflari aloqador.
Fizikaviy pog‘onaning vazifalarini tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar amalga oshiradi va fizikaviy muhit orqali bog‘lanish tashkil etilishini ta'minlaydi
Kanal pog ‘onasi (Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‘lishi mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdir.

Buning uchun kanal pog‘onasida bitlar ketma-ketligi kadrlar deb nomlanuvchi to‘plamlarga birlashtiriladi. Kanal pog‘onasi har bir kadrni uzatishning to‘g‘riligini ta'minlaydi, ajratish uchun uni bitlarning maxsus ketma-ketligi bilan o‘raydi, shuningdek nazorat ketma-ketligini kadrga qo‘shgan holda hisoblab chiqaradi.