Qisqacha xulosalar Qishloq xo’jaligi tarmog’i yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ikkita yirik tarmoqqa: o’simlikchilik va chorvachilikka bo’linadi. O’simlikchilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lib, unda ko’p turdagi mahsulotlar yetishtiriladi. Jumladan, aholi iste’moli uchun kerak bo’ladigan oziqovqat mahsulotlari, oziq-ovqat va yengil sanoatlarining ko’plab korxonalari uchun xomashyo hamda chorvachilik uchun ozuqa mahsulotlari yetishtiriladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz hukumati tomonidan o’simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda va bu islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Mamlaktimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini, sanoat tarmoqlarining xomashyoga bo’lgan talabini qondirish, aholi daromadlarini ko’paytirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirish uchun qishloq xo’jaligi tarmog’ini, shu jumladan o’simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni yanada oshirish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Abdug’aniyev A.A., Abdug’aniyev A.A. Qishloq xojaligi iqdisodiyoti. Darslik. - T: “Adib Nashriyoti”, 2011. – 400 b.
David L. Debertin. Agricultural Production Economics Textbook. 2nd ed. Published by McMillan. University of Kentucky, USA. 2012.
Rustamova I.B., Sheripbayeva U.A., Dehqonova N.S., Ahmedova V. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. –T.: TDAU, 2015. 174 b.
Samatov G’.A, Rustamova I.B., Sheripbayeva U.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Darslik. –T.: “Cho’lpon” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. -320 b.
Umurzoqov O’.P, Toshboyev A.J., Rashidov J., Toshboyev A.A.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Oquv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2008. -264 b.
Murtazayev O, Ahrorov F.B. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. Darslik.