O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə24/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Tayanch so’z va iboralar: Surxon qo’riqxonasi haqida tushuncha.
Qo’riqxona floasining endem turlari. O’zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan turlar.
Subendem turlar.
Surxon davlat qo’riqxonasi Pomir-Oloy tog’ tizimining Janubi-G’arbiy qismi hisoblangan Ko’hitang tizmasining sharqiy yonbag’rida joylashgan. Ma’muriy jihatdan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qarashli.
Qo’riqxona hududi shimoldan Tangidara soyi bilan chegaralanadi. Sharqiy chegarasi Xatak, Xo’janqo, Qizilolma, Shalqon, Kampirtepa, Sherjon va Vandob qishloqlari bilan, janubiy hududi Xo’jaikon tuz koni bilan tutashib ketgan. Ko’hitang tizmasining g’arbiy yonbag’ri Turkmaniston Respublikasining hududi bo’lib, Koytendag (umumiy maydoni 27139 ga.) qo’riqxonasi joylashgan.
Surxon qo’riqxonaning umumiy yer maydoni 24554 ga bo’lib, murakkab geomorfologik tuzilishga ega. Hudud chegarasining janubdan shimolga umumiy uzunligi taxminan 70 km ni tashkil etadi va dengiz sathidan 850-3137 m balandliklarda joylashgan. O’rtacha suv ayirg’ich balandligi shimolda (Xatak bo’limi) 2682 m, markaziy qismida 3137 m (Kampirtepa bo’limining Ayri bobo cho’qqisi) hamda janubiy qismida 2361 m ni (Vandob bo’limi) tashkil etadi.
2006-2007 yillarda olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida aynan Ko’hitang tizmasidagi endem o’simliklarning 22 turi aniqlandi. Ularning 6 oila, 13 turkum va 17 turga mansub ekanligi keltirilgan edi. Keyingi tadqiqotlar Surxon qo’riqxonasining florasi tarkibida 5 turdagi qo’riqxona endemlari va 17 turdagi Ko’hitang tizmasining endemlari uchrashini ko’rsatdi (2-ilovada turlarning tarqalish xarita-sxemasi keltirilgan). Bu esa qo’riqxona umumiy florasining 2,96% tashkil etadi. R.V. Kamelin bo’yicha Ko’hitang tizmasining florasini 1000 turdan kam emasligini nazarda tutsak, tizmaning endem turlari floraning 2,20% tashkil etadi.

Endem turlarning o’simlik oilalari bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha: Asteraceae 8 tur (jami endemlarning 36,36%), Fabaceae 4 tur (18,18%), Apiaceae va Lamiaceae 2 turdan (9,10%), Alliaceae, Caryophyllaceae, Rosaceae, Iridaceae, Poaceae, Plumbaginaceae kabi oilalarda 1 turdan (4,55%) iborat.




  1. Acantholimon majevianum Regel (Plumbaginaceae). Ko’hitang tizmasi florasining kamyob turlaridan biri. Qo’riqxonada Bog’lidara va Tangiduval bo’limlarining shimoliy qismida tarqalgan. Shag’alli, mayda toshli, mayda tuproqli yerda, dengiz sathidan (d. s.) 1000-1200 m balandlikda o’sadi. Tog’ va tog’ oldi o’simliklar qoplamida asosiy rol o’ynaydi. 100 m2 maydonda soni sp1-sp2.


  2. Allium kugitangi F.O. Khass. ined. Bu tur 2006-2008 yillarda olib borilgan izlanishlarimiz natijasida Surxon qo’riqxonasining Bog’lidara bo’limidan d.s. 1500-1800 m balandlikdan, siyrak archazorlar orasidagi mayda toshli, mayda zarra tuproqli yerdan topildi va hozirgi vaqtda nashr uchun tayyorlanmoqda.


  3. Astragalus plumbeus (Nevski) Gontsch. (Fabaceae). Surxon davlat qo’riqxonasida kam tarqalgan tur. Asosan Xo’janqo bo’limining shimolida, dengiz sathidan 1100-1500 m balandlikda ohak toshli va mayda jins tuproqli yonbag’irlarda uchraydi.


  4. A. subschachimardanus Popov. Qo’riqxonada kam tarqalgan tur. Asosan Qizilolma bo’limining shimoliy qismida d.s. 1500-2800 m balandlikda toshli, shag’al-toshli yonbag’irlarda o’sadi. Soni sp2-sp3.


  5. Cousinia glabriseta Kult. (Asteraceae) Kam tarqalgan tur. Faqat Surxon davlat qo’riqxonasida Qizilolma bo’limining shimoliy yonbag’rida tarqalgan. Mayda jins tuproqli va shag’al-toshli tuproqda d.s. 1500-1800 m balandlikda o’sadi. 100 m2 maydonda 5-10 dona uchraydi.


  6. C. leptoclada Kult. Kam uchraydigan tur. Faqat Qizilolma bo’limining shimoliy qismida tarqalgan. Toshli, shag’al-toshli yonbag’irlarda d.s. 1800-2500 m balandlikda o’sadi. Populyatsiyalari soni bir necha donani tashkil etadi.



  7. Yüklə 0,61 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin